O‘zbekiston | 11:59 / 27.06.2022
3748
1 daqiqa o‘qiladi

Xivada yangi turizm axborot markazi ochildi

Xorazm viloyati, Xiva shahrida sayyohlarga axborot-maslahat xizmatini ko‘rsatuvchi markaz ishga tushirildi.

Foto: Telegram / travelkhorezm

«Ichon qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasi yaqinida zamonaviy turizm axborot markazi faoliyatini boshladi.

Markaz yengil konstruksiyali binoda joylashgan bo‘lib, milliy naqshlar bilan bezatilgan. Unda hunarmandchilik namunalari, yurtimiz tarixi, sayyohlik salohiyati haqidagi tarqatma materiallar, kitoblar, bepul Wi-Fi hududi, shaxmat burchagi bor.

Markazda 4 xodim tomonidan xorijiy sayyohlarga o‘zbek, ingliz, rus, fransuz va turk tillarida xizmat ko‘rsatiladi.

Kelgusida yana 3 ta hududda shunday turizm axborot markazi ochilishi rejalashtirilgan.

Foto: Telegram / travelkhorezm
Foto: Telegram / travelkhorezm

Mavzuga oid