Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Sinxua”: 1–3 yanvarda O‘zbekistonga aviachipta bronlari 2 baravar ko‘paydi
2026 yil 1–3 yanvar kunlari Xitoydan O‘zbekistonga aviachiptalarni bron qilish soni o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar oshdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Foto: uzbekistan.travel
Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, xitoylik ko‘plab sayyohlar yangi yilning dastlabki kunlarida sayohat uchun O‘zbekistonni tanlagan. Tahlilchilar bu o‘sishni Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejimning joriy etilishi bilan bog‘lagan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston sayyohlarni nafaqat boy tarixi va madaniy merosi, balki zamonaviy infratuzilmasi, yangi yo‘nalishlar hamda qulay havo qatnovlari bilan ham o‘ziga jalb qilmoqda.
O‘zbekiston statistik manbalariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Xitoydan kelayotgan sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshgan. Jumladan, 2024 yilda mamlakatga Xitoydan 74,3 ming sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, bu 2023 yilga nisbatan qariyb 75 foizga ko‘p.
Ijobiy dinamika 2025 yilda ham davom etgan: yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekiston Xitoydan 217 mingga yaqin sayyohni qabul qilgan. Yil yakunida bu ko‘rsatkich 250 ming kishidan oshishi kutil sav qilinmoqda — bu o‘tgan yilga nisbatan 3 baravardan ko‘proq.
Ekspertlar sayohatlarning ko‘payishini vizasiz rejim bilan bir qatorda, yakunlangan Turizm yili doirasida O‘zbekistonning Xitoy sayyohlik bozorida faol targ‘ib qilinishi, shuningdek, ikki mamlakat yirik shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar kengaygani bilan ham izohlamoqda.
Xitoylik sayyohlar oqimining o‘sishi O‘zbekistonning Osiyodan keluvchi sayyohlar orasida, ayniqsa, bayram ta’tillari davrida tobora ommalashib borayotganini ko‘rsatib, turizm sohasi uchun yangi imkoniyatlar ochishi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
07:56 / 08.01.2026
Dunyoda eng ko‘p choy qayerda ishlab chiqariladi?
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
23:02 / 05.01.2026