15 iyul kuni butun respublika böylab prezident maktablariga qabul imtihonlarining birinçi bosqiçi bölib ötdi. Bu bosqiç matematika böyiça 30 ta test topşiriğidan iborat böldi. Imtihonlar 3 smenada taşkil etildi.
Keça, 25 iyul kuni dastlabki bosqiç natijalari e’lon qilindi. Undagi ayrim holatlar jamoatçilik faollari diqqatini tortmoqda.
Iqtisodçi Otabek Bakirov uçta smenada imtihon topşirgan nomzodlarning ballari bir-biriga aralaşib ketmaganiga e’tibor qaratdi.
Ma’lum bölişiça, Toşkent şahridagi prezident maktabiga öqişga kiriş uçun 3375 nafar öquvçi imtihon topşirgan bölsa, şundan 63 nafari maksimal 100 ballni qölga kiritgan. 63 boladan deyarli barçasi – 57 nafari 1-smenada imtihon topşirgan, qolgan 6 nafari esa – 2-smenada.
64-örindan boşlab, ya’ni 100 balldan kam töplagan bolalarning ballari böyiça qiziq holat kuzatilgan: birorta ham holatda bitta smenada qayd etilgan ball boşqa bir smenada takrorlanmagan. Ya’ni 95,8 ball töplaganlarning barçasi 2-smenada, 95,3 ball töplaganlarning barçasi 1-smenada, 90 ball töplaganlarning barçasi 2-smenada imtihon topşirgan va bu “qonuniyat” qabul çiziği – 480-öringaça özgarmasdan davom etgan. Şuningdek, bunday tartib ayrim istisnolar bilan eng oxirgi 3375-öringaça saqlanib qolganini köriş mumkin.
“Matematika va ehtimollar nazariyasini biladiganlar tuşunadiki, bu möjiza. Sanalgan guruhlar aralaşib ketmagan. Bir xil ball töplagan 2-smenadagi ğoliblar orasiga birorta 1-smena vakili qöşilib qolmagan. Yoki 1-smenadagi ğoliblarga 2-smenadagilar aralaştirilmagan. Yana ular örin almaşib kelişgan. Xuddiki dengiz va daryo suvidek. Aralaşmagan. Möjiza”, – dedi yuqoridagi holatga munosabat bildirgan Otabek Bakirov
Ta’lim böyiça ekspert Komil Jalilovning Kun.uz muxbiriga aytişiça, bu – izohtalab holat.
“Normal taqsimot qonuniyati degan tuşunça bor, bu matematika, sonlar nazariyasi, testologiyada ham amal qiladi. Misol uçun, deylik, istalgan tasodifan töplangan odamlar guruhini olsangiz, ular orasida böyi örtaçasi ham, uzuni ham, pasti ham çiqadi. Bu qonuniyat hamma joyda amal qiladi.













