Toşkentda bolalarni prezident va ixtisoslaştirilgan maktablarga tayyorlovçi öquv markazidan norozi bir qança ota-onalar Kun.uz'ga murojaat qildi.
2021 yildan beri işlab kelayotgan bu markaz avvaliga yuqori sifatli ta’lim va şaroitlarni va’da qilib, tölovlarni undirgaç, mijozlarni aldab kelayotgani, pullarni esa qaytarmayotgani aytilmoqda.
“Öğlimni Mirzo Uluğbek nomidagi maktabga tayyorlamoqçi edim. Özim Instagram'dan qidirsam, şu öquv markazining profili çiqdi. Keyin gaplaşdim, ular farzandimni testga çaqirdi. Yakkasaroydagi boş ofisida testdan ötdik. Öşa yerda sotuv menejeri “çiroyli” qilib tuşuntirdi: “Darajasiga qarab olamiz, xarakteriga qarab öqitamiz, rus va özbek tilida gaplaşadigan bolalar alohida öqiydi, öqituvçilarimiz innovatsion metoddan foydalanişadi”, deb rosa quloqqa tepişdi, menam işonibman şularga.
Uzum nasiya orqali bölib-bölib tölaşga rasmiylaştirib, şu bilan bolamni darsga beradigan böldim. Bitta darsiga borib, şaroitidan ham, öqituvçilaridan ham qörqib ketdim. Gapirgan gapiga mos kelmaydigan xizmat darajasidan umuman qoniqmadim. Birinçi darsdan keyin zudlik bilan bolam boşqa bormasligini, kelişuvni bekor qilişni aytdim. Şu bilan 1 sentabrdan beri yugurib yuribman. Pulimni qaytarib berişlarini, Uzum nasiya'dagi bölib-bölib tölaşni özim yopişimni aytişgandi, ammo pulimni hali ololganim yöq. Nima emiş, 12,9 mln sömdan faqat 9,8 mln qaytararmiş-da, qolgan summa bankning komissiyasi emiş. Bu mening muammom emas-ku”, – deydi şaxsini oçiqlaşni istamagan onalardan biri.
U sözlarining isboti sifatida Kun.uz'ga bir neçta videolar taqdim qildi. Tasvirlarda darsxonaning ta’mir holati yaxşi emasligi, xonada suvarak yurgani, öqituvçi maşğulotni keçikib boşlaşi aks etgan.
Ikki farzandini şu öquv markaziga bergan otalardan biri ham markaz ustidan şikoyat qildi. Uning aytişiça, oldindan qilingan 12 mln sömlik tölovini bir yil deganda bazör qaytarib olgan.
“2023-2024 öquv yili boşida ikki farzandimni şu öquv kursining Yunusoboddagi filialiga bergandim. 6 oylik tölovni oldindan olişdi – 12 mln söm. Har kuni darsiga har xil öqituvçi kirardi, na dars jadvali amal qiladi, na ustozlarning tayini bor.
Birinçi oy tugamasidan bir farzandimni öqitmasligimni aytdim va u yerda faqat bitta farzandim qoldi. 2 oy töliq ötib bölganda ham bolamning guruhi ma’lum emasdi. Öqituvçi deganlari kollej yoki oliy ta’lim muassasalarini hali bitirmagan talabalar edi. Heç qanday tartib-intizom yöq, biror marta bolam darsda ötirib nimadir örganganini sezmadim. 3 oydan keyin qizimni ham bu yerda öqitmasligimni aytib, pulni qaytarişlarini talab qildim.











