19 iyul kuni Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligida OAV vakillari bilan muloqot taşkil etildi. Unda agentlik direktori Alişer Ubbiyev, Cambridge University Press & Assessment taşkiloti boş maslahatçisi Stiv King (videoaloqa orqali) hamda Kun.uz, Daryo.uz muxbirlari, ÖzA direktorining örinbosari Xuşnudbek Xudoyberdiyev iştirok etdi.
Uçraşuvda agentlik vakillari prezident maktablariga kiriş imtihonlari bilan boğliq holatlar yuzasidan bir neçta savollarga javob berişdi. Kun.uz quyida berilgan izohlarni keltirib ötadi.
Stiv King: Özbekiston bilan ança yillardan beri döstona aloqadamiz. 2019 yildan beri prezident maktablari bilan işlab kelamiz. Cambridge University Press & Assessment Prezident maktablariga kiriş imtihonlari tayyorgarligida iştirok etgan. Biz dastlabki kiriş imtihonlarini 2019 yilda ötkazganmiz. 2020 yilda pandemiya fonida birmunça tanaffuslar bölgandi. Lekin keyinroq, 2021, 2022 va 2023 yillardagi kiriş imtihonlarini ötkazişda töliq qatnaşişga muvaffaq böldik.
Kembrij bunaqangi baholaşlarda 1858 yildan beri iştirok etib keladi. Şunday ekan, biz test topşiriqlarini tayyorlaş, uni tuziş bilan 165 yildan beri şuğullanamiz, bu borada taşkilotimizda katta tajriba mavjud. Biz uçun imtihonni xavfsiz va adolatli ötkazilişi katta ahamiyatga ega.
Men Özbekistonda köp marotaba bölganman va u yerdagi ota-onalar bilan suhbatlaşganman. Özbek ota-onalari farzandlarini juda yaxşi köradi va ularning muvaffaqiyat qozonişlarini istaydi. Şunday ekan, ularning imtihon qanday ötayotgani va uning atrofida bölayotgan voqealarga qiziqişi tuşunarli.
Bizning taşkilotimiz juda katta hisoblanib, köplab departamentlarga bölingan. Bizda Cambridge Assessment Admission Testing, Cambridge University Assessment, Cambridge Assessment International education hamda tadqiqotlar olib boradigan bölimimiz ham mavjud. Şuningdek, ta’lim dasturlari böyiça dunyo miqyosida turli hamkorliklarimiz bor.

Adaşmasam, keça bir holat yuzaga kelgan. Taşkilotimizning Manilladagi mijozlar bilan işlaydigan jamoa vakillaridan biri Kembrij taşkilotining Özbekiston bilan işlamasligini aytib, notöğri javob bergan. Testlarni ötkaziş böyiça har yili jamoa tarkibi özgarib boradi. Şunisi aniqki, Cambridge 2019 yildan beri [Özbekiston bilan] hamkorlikda işlab kelmoqda.
Xuşnudbek Xudoyberdiyev, huquqşunos: Jamoatçilikda şunday versiya bor. Ya’ni birinçi bosqiçdagi testlarda Cambridge taşkiloti qatnaşgani yöq, lekin imtihon savollari bilan boğliq gap-sözlar paydo bölgaç, tezgina şartnoma yangilanib, "bizning şartnomamiz bor, biz qatnaşyapmiz", – degan umumiy javob berişyapti. Xalqaro taşkilotning qatnaşişi faqat 2-bosqiçga taalluqlimi? Aynan mana şu testlar oldin aytilganidek Buyuk Britaniyada Cambridge tomonidan tuzilib, töğridan töğri DTM (Bilim malakalarini baholaş agentligi)ga yuborilganini tasdiqlay olişadimi?
Stiv King: Cambridge taşkiloti 2 ta bosqiç imtihonda ham jalb qilingan. Bu borada tegişli şartnomalar qilingan.
Xuşnudbek Xudoyberdiyev,: Taşkilotning bir neçta vakillari elektron poçta orqali [murojaat qilganlarga] 2-3 marotaba Özbekistondagi prezident maktablari imtihon jarayonida qatnaşmayotganini ma’lum qilgan. Agar bu holat bir şaxs bilan yuzaga kelganida ham adaşdi derdik. Şu sababli Stiv King haqiqatan prezident maktabiga kiriş imtihonlarida iştirok etayotganini özining sahifalarida e’lon qila oladimi?
Stiv King: Fikrimizça, bu unçalik ham muhim emas. Lekin biz rasmiy munosabat tayyorlab berişimiz mumkin. Şunga alohida e’tibor berilişi kerakki, bizning taşkilotimiz imtihon jarayonlariga töliq qöşilgan, bizning testlarimiz işonçli ekanini ham alohida aytib ötmoqçiman.
Bu (rasmiy munosabat – tahr.) böyiça özim bir nima deyişim qiyin, matbuot xizmati bilan gaplaşib, aniq javobini aytişimiz mumkin. Yana bir narsani alohida ta’kidlab ötişim kerakki, Cambridge bilan Özbekiston örtasida döstona aloqalar mavjud, şu sabab mening sözim ham qandaydir kuçga ega deb hisoblayman.
Dilşoda Şomirzayeva, Kun.uz muxbiri: Savollar taşqariga tarqab ketganidan taşqari, mana şu test topşiriqlari ketma-ket boşqa smenalarda ham takrorlangani haqida gap-sözlar bor. Bunga agentlik qanday izoh bera oladi?
Alişer Ubbiyev, Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori: 1-smenadagi savollarning 2-smenada töliq takrorlanişi mumkin emas. Bunday savollar tuzilmaydi. Rasmiy bayonotda ham aytildi, bu yil uçun 8 ta variant işlab çiqildi. Har yili 10 dan ortiq variant işlab çiqilar edi. Bu yili esa 8 ta bilan kifoyalandi.
Xuşnudbek Xudoyberdiyev: Aniqlaştiruvçi savol bermoqçi edim. Bu yerda variantlar takrorlangani haqida gap ketmayapti. Ayrim savollar qayta tuşib qolgan holatlari bölganmi? Heç qaysi savol boşqa variantda, boşqaça örinlarda, boşqaça ketma-ketlikda boşqa smenalarda tuşmadi degan narsa bormi? Yoki bir qança savollar bor, ular umuman boşqa variantlarda, umuman boşqa-boşqa formulalarda, joylarda tuşgan deysizmi?
Alişer Ubbiyev: 1-smenada tuşgan savollarning 2-3 tasi boşqa variantda tuşganlik ehtimoli bor. Bunday narsa har yili böladi. Bu borada, baholaş tizimi böyiça Sardor aka batafsil ma’lumot beradi.
Sardor Rajabov, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining departament boşliği: Variantlar Cambridge Assessment tomonidan tuziladi va bu borada ularning maxsus portali bor. Bu portalga bir nafar odamni taşkilotning özi mas’ul qilib belgilaydi. Şu odamga login, parol beriladi. Şundan söng bu odamning portalga kiriş-çiqişi nazorat qilinadi. Qaçon kirib, qaçon oçgani, neça marta yuklab olgani – hamma ma’lumotlari körinadi.
Davlat test markazida qanday böladi? Bunda xodimlar yopiq rejimga kiradi. Test boşlanişidan oldin test tuzuvçilar kirmasidan turib, tipografiya rejimga kiradi. Şundan söng testga [test savollarini olişga] "dostupi" bor odam [topşiriqlarni] yeçib oladi. U yerda agentlikning vakillari ham böladi. Ammo u xodim variantni oçmaydi, unga tegmaydi. Şunçaki uni köçirib oladi, diskka yozadi va dalolatnoma bilan içkariga kirgizib yuboradi. Şundan keyin hamma narsa tozalanadi.
Agar [test topşiriqlari] 2-3 marta yeçib olingan, [yuklangan] bölsa, bu harakatlar Cambridge Assessment'ga ham körinadi, öşa vaqtda şikoyat xati ham yuboriladi. Şuning uçun şunça yildan beri mana şunday tartibda ötkazib kelinmoqda.
Testning xavfsizlik masalasiga keladigan bölsak, bu yerda ham katta test mexanizmi işlaydi. Ya’ni test kiradi, çiqariladi, feldegerlik xizmatiga topşiriladi. Feldegerlik xizmati joylarga test boşlanişidan bir yoki yarim soat oldin olib borib beradi va u yerda oçib, qopning muhri bilan qabul qilib tarqatiladi. Yiğib olib kelinadi va natijasi öqilganidan keyin kalit qöyiş jarayoni Cambridge Assessment tomonidan amalga oşiriladi. Ya’ni DTM bu jarayonlarga aralaşmaydi.
Variantlardagi savollarning takrorlanişiga kelsak, töğrisini aytaman, men uni körmaganman. Parallel test degan narsa bor. U qanday tuziladi? Struktura böyiça birinçi savolda qanday savol turibdi. Testologiya nuqtayi nazaridan aytib ötyapman. Savol turgan bölsa, uning içidagi raqami yoki öşa savoldagi söralayotgan narsa salgina özgartirilib, parallel testlar tuziladi. Ya’ni testologiyada köp variantli topşiriqlarda şu usul qöllanadi. Birinçi bosqiçda aprobatsiyada bitta test formati ötkaziladi va keyin şunga parallel testlar tuziladi. Bir-biriga öxşaş savollar deyilyapti, variantlar teng kuçli bölişi uçun savol öxşamasdan iloji yöq. Struktura böyiça bir xil turibdi.
Testologiya, aytyapman-ku, bu narsa bizning mentalitetimizga moslaşmagan-da. Testologiyaning mezonlarida bolaning imtihonga kirib-çiqib, repetitorga aytib berişi, repetitor esa boşqa odamga yodlatişi yöq. Bu holat bizda bölgani uçun köp variantli test berilişining, bitta variantga öta olmaganimizning asosiy sababi ham şu.
Xuşnudbek Xudoyberdiyev: Imtihonni bir smenada bir neçta binolarda ötkaziş mumkinmi, buni körib çiqsa böladimi?
Alişer Ubbiyev: Hozir Toşkent şahrini misol qilib keltiradigan bölsak, imtihonlar 3 ta binoda: UzExpo markazining 4-paviloni, Atrum degan bino va Toşkent moliya institutiga qaraşli oliy öquv yurtlararo sport majmuasi binosida 1 smenadan ötkazildi. Jami 3 440 nafarlik hajmga ega böldi.
Boşqa hududlarimizda ham, misol uçun, Andijonda ham ming kişilik katta bino, undan keyin yana ming kişilik binoni – umuman Andijondagi katta binolarni töliq olganmiz. Şu sonlardan kelib çiqsak, 1 smenaga siğdirişimiz juda qiyin. Lekin ba’zi hududlarimiz böldi, masalan, Sirdaryo, Navoiyni aytişim mumkin, u yerda talabgorlar soni oz bölgani uçun 2 smena bilan tugata oldik.
Islombek Umaraliyev, Daryo.uz muxbiri: Yana bir muhokama bölgan jihat: 4-sinflarga 8-sinf savoli tuşgan deyilgan gaplarga qanday izoh bera olasizlar?
Dilşoda Şomirzayeva: Savolni töldirmoqçi edim. Agentlikning rasmiy bayonotida Iroda Saibova keltirgan standartlar Milliy öquv dasturidan olingan. MÖD va uning asosidagi darsliklarni joriy qiliş 2021 yildan boşlangan. MÖD asosidagi 1-sinf matematika darsligi 2021 yilda naşrdan çiqqan. Bu yil 4-sinfni bitirgan öquvçilar 2017 yildagi standartlar va şu standartlar asosidagi eski darsliklardan öqişgan. Test savollarining öquvçilar öqimagan standartlar asosida tuzilişi qançalik töğri?
Iroda Saibova, Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi markaz direktorining örinbosari: Variantlarning töğri ekanini isbotlaş, hozirgi gap-sözlarni asoslab beriş uçun heç kim körişi mumkin bölmasa ham bitta variantni olişga muvaffaq böldik. Undagi har bitta misolni qaysi darslik, 3-sinf bölsa darslikka, standartga boğladim. 4-sinf bölsa, 4-sinfning darsligini oçib qaysi birida şunday öxşaş misollar borligini körib çiqdik. Bu savollarni biz tuzmaganmiz, faqat çetdan ekspertiza qilyapmiz.
Cambridge ham bizning eski darsligimizdan olib savollarni tayyorlagan.
Alişer Ubbiyev: Xalqaro taşkilotdan 1-, 2-, 3-smenalarning [şu smenalarda qatnaşgan bolalarning] örtaça töğri javoblarining soni haqidagi ma’lumotini oldim. 1-smenada 22 ming nafar bola iştirok etgan bölsa, ularning hammasiga 1 balldan qöyilsa, eng maksimali 30 böladi, eng kami 0 böladi. Şuning örtaçasini aytişim mumkin. Bu ball emas.
Örtaça javob berganlar körsatkiçi:
1-smena – 16,3
2-smena – 13,3
3-smena – 11,4
***
Agentlik rahbari bir qator test savollarining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganini odatiy holat deb izohladi.
“Har yili bunday holatlar bölgan. Tayyorlov kurslari bor, imtihonda qatnaşgan ayrim bolalar çiqqanidan söng otasiga, repetitoriga gapirib beradi. Bu yil ham bu narsa istisno bölgani yöq. Ötgan yil ham şunday bölgandi. Bolalar esiga kelgan bir-ikkita savollarni aytib beradi”, – dedi Alişer Ubbiyev.
Testlarning validligiga oid ma’lumotlar va internetda tarqalgan savollarga har ikki smenada berilgan töğri javoblar körsatkiçlarini oçiqlaş haqidagi savolga javoban esa, agentlikda bunday ma’lumotlar yöqligi, bu Kembrij vakolatidagi masala ekani aytildi.
Ma’lum qilinişiça, bu yil prezident maktablarining kiriş imtihonlarida qatnaşgan talabgorlarning soni ötgan yilga nisbatan 30 foizga oşgan, 2022 yilda 41 ming nafarni taşkil etgan. 2023 yilda bu körsatkiç 51 ming nafar deb qayd etildi. Andijonda eng köp, 6 ming nafardan ortiq bola imtihonda qatnaşiş uçun hujjat topşirgan. Bu bir öquvçi örni uçun 267 talabgor tanlovda iştirok etgan degani. Ubbiyevga köra, Andijonda, umuman butun respublikada şunça bolani siğdirib, 1 smenada imtihon ötkaziş mumkin bölgan bino mavjud emas. Şuning uçun ham Andijon, Farğona va boşqa hududlardagi joylarning siğimidan kelib çiqib test bir neçta smenalarda bölib ötgan.
“Ötgan yili 2 smenada taşkil etilgan bölsa, talabgorlarning oşgani tufayli bu yil 3 ta smenagaça kötarişga majbur böldik”, – deydi Ubbiyev.
Suhbat söngida mutasaddilar Cambridge University Press & Assessment taşkiloti bilan imzolangan şartnomani taqdim qilişdi. Unga köra, bu ikki tomonlama hujjat 2022 yil 23 maydagi boş şartnomaga muvofiq 2023 yil 24 martda tuzilgan. Amal qiliş muddati 2023 yil 31 dekabrgaça deb belgilangan.












