Jahon | 15:24 / 17.12.2016
25428
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik erkak sevgilisini xijolatga qo‘ymaslik maqsadida kelinlar ko‘ylagini kiyib oldi

Xitoyning Sichuan viloyatida erkak o‘z to‘yida kelinlar ko‘ylagini kiyib oldi. Buni u sevgilisini xijolatga qo‘ymaslik maqsadida qilgan, deb yozadi Daily Mail.

Ma'lumotlarga ko‘ra, U Shuay bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Ou Tsyan bilan ko‘ylaklarni qiz semizroq ko‘rinmasligi uchun almashishdi. Shu tariqa, kelin qora kostyumda, erkak esa – oq kelin ko‘ylakda to‘ylarini o‘tkazishgan. Xitoylik erkakka makiyaj ham qilingani xabar berildi.

«Men bu bilan bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimizni ko‘rsatishga harakat qildim. Bu turmushga bo‘lgan eng maqbul munosabatdir», - dedi Shuay. Erkak kelin ko‘ylakka sig‘ishi uchun esa maxsus tikuvchi yordamidan foydalandi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid