Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi
Umumiy ovqatlanish, qishloq xo‘jaligi, logistika va uy-joy kommunal xo‘jaligida mehnat migrantlari o‘rnini qoplab bo‘lmayapti – rossiyaliklar qiyin va kam maoshli ishlarni bajarishga shoshilmayapti.
Foto: AP
Rossiya ishchi kuchining o‘tkir tanqisligiga duch kelgan va mahalliy ma’muriyatlar xorijliklarni yollash bo‘yicha taqiqlarni tobora ko‘proq bekor qilmoqda. Bu haqda Asia-Plus ma’lum qildi.
Umumiy ovqatlanish, qishloq xo‘jaligi, logistika va uy-joy kommunal xo‘jaligida mehnat migrantlari o‘rnini qoplab bo‘lmayapti – rossiyaliklar qiyin va kam maoshli ishlarni bajarishga shoshilmayapti. Kadrlar taqchilligi ortidan mintaqalar ularni qaytarishga harakat qilmoqda.
Masalan, Nijniy Novgorod viloyati ma’muriyati mart oyida joriy etilgan chet el ishchilarini yollashni taqiqlash haqidagi qarorini bekor qildi. Sababi – iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kadrlar yetishmasligi. Rossiyaliklar jismoniy mashaqqatli ishlarni bajarishni istamayapti.
Sankt-Peterburgda ham xuddi shunday holat yuzaga keldi - rasmiylar 1 iyuldan boshlab migrantlarning taksi va yetkazib berish xizmatlarida ishlashiga rejalashtirilgan taqiqni joriy qilmadi.
Xuddi shunday holat qishloq xo‘jaligida ham mavjud. Markaziy Rossiyada - Tambov viloyatidan Moskva viloyatigacha - tonnalab meva, rezavorlar va sabzavotlar ishchilar yetishmasligi tufayli dala va bog‘larda yig‘ilmasdan qolmoqda. Bog‘ va issiqxonalar mavsumiy terimchilarga juda muhtoj. Hatto hosil yaxshi bo‘lishiga qaramay, sohada katta zarar ko‘rilishi mumkin, chunki mevani yig‘adigan hech kim yo‘q.
Rossiya bog‘bonlari uyushmasi prezidenti Igor Muxanin inqirozni immigratsiya qonunlarining kuchaytirilgani bilan bog‘ladi. 2024 yildan boshlab, migrantlar ishlashga ruxsat olish uchun rus tili va tarixidan imtihon topshirishi kerak bo‘ladi.
«Migrant olma terish uchun tilni bilishi shartmi? Buni prorab bilsa kifoya», dedi Muxanin.
Qayd qilinishicha, 1-2 oyga kelgan mavsumiy ishchilar uchun bu to‘siqqa aylangan, fermerlar uchun esa falokatga.
«O‘tgan yili o‘nlab tonna olma va malina terilmasdan qoldi. Hozir bizga 100 kishi kerak, ammo 15 ishchi bor», dedi Muxanin.
Eng yirik qishloq xo‘jaligi hududlaridan biri Krasnodar o‘lkasida migrantlarni yollashning taqiqlanishi allaqachon fermer xo‘jaliklarining xonavayron bo‘lishiga olib kelgan. Pitomniklar, bog‘lar, dalalar - hamma narsa qo‘l mehnatini talab qiladi. Kuban bog‘bonlari uyushmasi bosh direktori Nikolay Shcherbakov shunday dedi: «Yangi bog‘lar barpo etish to‘xtatildi. Ekinlarni kim yig‘ib olishi haqida yechim yo‘q. Ish og‘ir, mahalliy aholi kelmayapti».
Talabalarni jalb qilishga urinishlar hali samara bermagan. Asosiy yechim migrantlarni kvotalar va cheklangan mehnat sharoitlari bilan bo‘lsa-da orqaga qaytarish ekani aytilmoqda.
Moskva viloyatidagi mahalliy davlat xo‘jaliklari o‘rim-yig‘imga kelishni istaganlarni avtobuslar va qiziqarli to‘lov shakli bilan taklif qilmoqda - o‘zingiz bilan hosilning bir qismini olishingiz mumkin. Hatto Prezident mulkini boshqarish bo‘limiga qarashli fermer xo‘jaliklari ham kunduzgi ishchilarni qidirmoqda: «Hamma mevani yig‘ib olishga taklif etiladi, to‘lovni mahsulot bilan olish mumkin», deyiladi taxtaga osilgan e’londa.
Ma’lum qilinishicha, o‘rta bo‘g‘imda ham ishchilar yetishmaydi: traktorchi, mexanik, agronom va haydovchilar yo‘q.
Mavzuga oid
14:54 / 08.01.2026
Til sertifikati, ishchi viza, chipta: migratsiya jamg‘armasidan kompensatsiya beriladi
13:19 / 05.01.2026
Germaniyada boshpana bo‘yicha berilgan arizalar soni 51 foizga kamaydi
23:08 / 03.01.2026
Rossiyada migrantlar yana kaltaklandi. Bir o‘zbekistonlik vafot etdi
10:57 / 03.01.2026