Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, “Milliy tiklaniş” partiyasi raisi Alişer Qodirov Rossiyaning Xabarovsk şahrida OMON xodimlari Özbekiston fuqarosini kaltaklab öldirgani haqidagi xabarga munosabat bildirib, RFdagi vatandoşlarga murojaat bilan çiqdi.

“Işoning, vaziyat oy sayin faqat yomonlaşadi.

Rus maxsus xizmatlari markaziy osiyoliklarni Rossiyada kutilayotgan notinçliklarning faol iştirokçisi sifatida taxmin qilmoqda, şu sababli ulardan keladigan foydadan allaqaçon keçib bölingan.

Aqlingizni işlating, Rossiyadan tezroq keting! Heç qanday daromad ota-onalar va farzandlaringizning köz yoşiga arzimaydi!” – deb yozdi Qodirov öz Telegram-kanalida.

Avvalroq Xabarovskdagi holat yuzasidan Özbekiston TIV Rossiya tomoniga nota yöllagan edi.