Toshkentda 20 apreldan isitish tizimi o‘chiriladi
Issiqlik ta'minoti tizimini o‘chirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi
Toshkent shahrida 20 apreldan isitish tizimi o‘chiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, havo harorati keyingi haftada 27 daraja issiq va undan ortiq bo‘lishini ko‘rsatayotgan ob-havo prognozini o‘rgangan holda, shuningdek, energiya manbalarini tejash va issiqlik ta'minoti tizimini yozgi ish tartibiga o‘tkazish maqsadida, Toshkent shahar hokimligi tomonidan turar joylarda issiqlik ta'minoti tizimini 20 aprel kunidan boshlab bosqichma-bosqich o‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Hokim o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonqulovning so‘zlariga ko‘ra, issiqlik ta'minoti tizimini o‘chirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi navbatda, issiqlik manbalariga bosim pasayadi, nasos stansiyalari o‘chiriladi, keyin turar-joy binolari va mahalliy qozonxonalarning issiqlik ta'minoti tizimlari to‘xtatiladi. Jarayon oxirida isitish tarmoqlari to‘liq issiq suv ta'minoti rejimiga o‘tadi. Issiqlik ta'minoti tizimining o‘chirilishi bo‘yicha to‘liq jarayon o‘rtacha uch kun davom etadi.
Shu bilan birga, shahar hokimi o‘rinbosarining ta'kidlashicha, issiq suv ta'minoti bo‘yicha karantin tugaguniga qadar bahorgi haftalik o‘chirish amalga oshirilmaydi, kelgusi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha ta'mirlash ishlari jadvallari mavjud vaziyatdan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
12:38 / 05.01.2025
Foto: Toshkentda harbiy bo‘linmalar G‘alaba bog‘idan shahar markaziga qarab bayramona marsh o‘tkazdi
20:01 / 04.01.2025
Toshkentda 25,5 gektar yer uchastkasi 40,4 mln dollarga sotildi
15:06 / 04.01.2025
Toshkentda 310 km/soat tezlikda harakatlangan mototsikl haydovchisi jarimaga tortildi
20:03 / 03.01.2025