O‘zbekiston | 10:17 / 24.09.2021
6808
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibini tasdiqladi

Hukumat qarori bilan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Shutterstock

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (vakolatli organ) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili 15 fevralgacha davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv funksiyalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazadi, 20 martgacha aniqlangan samarasiz davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyatini tahlil qiladi.

Shuningdek, vazirlik 20 maygacha xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lgan davlat funksiyalarining iqtisodiy samaradorligini tahlil qiladi va xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalarining yakuniy ro‘yxatini shakllantiradi, 1 iyulgacha jamoatchilik muhokamasini o‘tkazib, davlat funksiyalariga o‘xshash bo‘lgan faoliyat tajribasiga ega xususiy sektor sub'yektlarining dastlabki ro‘yxatini shakllantiradi.

1 avgustgacha xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etilgan davlat funksiyalari ro‘yxati tuziladi va tegishli xulosalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi, 1 oktyabrgacha hukumat tomonidan ma'qullangan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.  

Davlat funksiyalarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritib borishga qaratilgan elektron maydoncha yaratiladi. Davlat funksiyalari autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish hamda boshqa mexanizmlarni qo‘llagan holda xususiy sektorga o‘tkaziladi.

Mavzuga oid