Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqamli texnologiyalar vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi

Foto: Getty Images
Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi.
Aholi, tadbirkorlik sub’yektlari hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarni raqamlashtirish maqsadida YaIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi.
2023 yil 1 dekabrga qadar fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanishlari uchun davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi.
2024 yil 1 yanvarga qadar raqamli xizmat va servislar, elektron to‘lovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy ta’minot shaklini joriy etish rejalashtirilmoqda.
“Raqamli hukumat” tizimi doirasida quyidagilar to‘liq elektron hujjat aylanish tizimiga o‘tkaziladi:
- 2023 yil 1 sentabrdan boshlab – ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari;
- 2024 yil 1 maydan boshlab – ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo‘linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar.
2023 yil 1 avgustdan boshlab davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish nazarda tutilmoqda:
aloqa sohasidagi binolar, inshootlar va boshqa obektlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
aloqa sohasidagi mahalliy, shaharlararo va xalqaro tarmoqlarni loyihalashtirish.
2023 yil 1 avgustdan boshlab:
- AKT sohasidagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama to‘lanadi;
- Raqamli texnologiyalar vazirligining axborot texnologiyalari hamda raqamli xizmatlar joriy etilishi holatini baholash reytingi bilan qamrab olinmagan davlat organlari rahbarlarining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlariga ushbu idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan har oyda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 30 foizi miqdorida ustama haq to‘lanadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

21:41 / 26.06.2025
Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini saqlab qoldi

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi

15:24 / 28.03.2025