Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng yirik 20 ta soliq to‘lovchilar ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilar soni 1,6 mingdan oshadi. Joriy yilning 11 oyi davomida ular 87,4 trln so‘m soliq to‘lagan.
O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilar soni 1631 tani tashkil etadi. 2023 yilning 11 oyi davomida ular tomonidan 87,4 trln so‘m soliq tushumlari amalga oshirilgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Shundan, 47,3 trln so‘mi davlat ulushi mavjud Top-10 ta yirik soliq to‘lovchi hissasiga to‘g‘i kelgan.
· “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ - 22,9 trln so‘m;
· “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ - 7,8 trln so‘m;
· “O‘zbekneftgaz” AJ – 4,3 trln so‘m;
· «Navoiyuran» DK – 2,6 trln so‘m;
· “Uzgaztrade” AJ – 2,6 trln so‘m;
· “Hududgazta’minot” AJ – 2,4 trln so‘m;
· “UzAuto Motors” AJ – 1,5 trln so‘m;
· “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ – 1,4 trln so‘m;
· “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 1,2 trln so‘m;
· “O‘zavtosanoat” – 1,1 trln so‘m.
Shuningdek, hisobot davrida 6,1 trln so‘m soliq tushumlari xususiy sektordagi Top-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur reytingda “Uzbat” AJ – 2,2 trln so‘mga yaqin soliq tushumlarini amalga oshirgan holda yetakchilik qilgan.
Mavzuga oid
09:32 / 07.02.2026
2027 yildan suvdan foydalanish solig‘i suv tejamkorligiga bog‘lanadi
18:19 / 06.02.2026
Bir yilda 15 mingdan ziyod taksichi 100 mln so‘mdan ortiq daromad oldi
17:20 / 31.01.2026
Yashirin iqtisodiyotga qarshi qo‘shimcha mexanizmlar joriy etilishi mumkin
15:58 / 30.01.2026