O‘zbekiston | 09:00 / 02.05.2020
4790
3 daqiqa o‘qiladi

"SQB Insurance" 4ta viloyatdagi kuchli shamol yetkazgan zararlar bo‘yicha mijozlariga sug‘urta qoplamalarini to‘lashni boshladi

Foto: SQB Insurance

 “SQB Insurance” joriy yil 27 apreldan 28 aprelga o‘tar kechasi Buxoro, Samarqand, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida sodir bo‘lgan tabiiy ofat – kuchli shamol natijasida sug‘urta qildiruvchilarning mol-mulkiga yetkazilgan zararlar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilishni hamda sug‘urta qoplamalarini to‘lab berishni boshladi.

Kompaniya xodimlari o‘sha kunning o‘zida mazkur viloyatlardagi sug‘urta obektlarini ko‘zdan kechirib chiqishni boshladi.

Tezkorlik bilan kompaniya xodimlari tomonidan sug‘urta qildiruvchilarning mol-mulklarga yetkazilgan zararlar miqdorini baholash va sug‘urta javobgarligidan kelib chiqqan holda sug‘urta tovonlarini to‘lab berish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, 01.05.2020 yil holatiga 7 ta sug‘urta da'vo ishi ochilgan bo‘lib ushbu sug‘urta da'vo ishlari bo‘yicha 300,0 mln so‘mga yaqin sug‘urta qoplamasi to‘lab berish jarayoni boshlandi.

Shuningdek, kompaniya tomonidan olingan sug‘urta majburiyatlari bo‘yicha joriy yilning 1-choragi davomida 140 ta sug‘urta da'vo ishi bo‘yicha 1 529 mln so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi.

Mijozlar ishonchini oqlash va ularga sifatli servis ko‘rsatish maqsadida arizalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni elektron ([email protected]) tarzda qabul qilish amaliyoti joriy qilindi.Bu esa mijozlar vaqtini tejashga va karantin davrida ortiqcha ovoragarchiliklarsiz sug‘urta tovonlarini olishda yengillik yaratadi.

“SQB Insurance” o‘z mijozlarga sifatli, tezkor va kafolatlangan sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishini kafolatlaydi.

Ma'lumot uchun. “SQB Insurance” savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatuvchi “PSB Insurance” sug‘urta kompaniyasi 2018 yil 28 noyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

«PSB Insurance» SK axborot xizmati

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid