Anjumanda davlatimiz rahbarining mazkur qarori ijrosi doirasida suğurta kompaniyalari, jumladan, “SQB Insurance” tomonidan suğurta biznesiga innovatsion yondaşiş, yuridik va jismoniy şaxslarning talab va takliflari asosida yangi innovatsion suğurta xizmatlarini işlab çiqiş, boşqaruv va sotuv jarayonlariga IT-texnologiyalarini keng joriy qilgan holda milliy suğurta xizmatlari bozorini rivojlantiriş yölida qator işlar amalga oşirilayotgani ta'kidlandi.

Xususan, kompaniya 2019 yil 16 avgustda umumiy suğurta sohasining barça 17 klassi böyiça majburiy va ixtiyoriy suğurta turlarini amalga oşiriş uçun litsenziyaga ega bölganligi, respublikaning barça viloyatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahrida öz filiallarini oçib, ular sonini 14 taga yetkazganligi ma'lum qilindi.

Aholining barça qatlamiga möljallangan, soddalaştirilgan şartlarni öz içiga olgan va, eng asosiysi, aholi uçun qulay narxlarda suğurta mahsulotlari işlab çiqilganligi qayd etildi.

“Mening oilam”, “Mening uyim”, “Katta uy”, “KASKO-PREMIUM”, “KASKO-SILVER”, “SWEET HOME”, “MY CARD”, çet elga çiquvçilar (sayohatçilar)ni suğurtalaş hamda jismoniy şaxslarni baxsiz hodisalardan suğurtalaş kabi suğurta mahsulotlari şular sirasiga kiradi.

Bundan taşqari, kompaniya tomonidan boşqaruv va sotuv jarayonlariga IT-texnologiyalarini keng joriy qiliş,  mijozlarga zamonaviy, sifatli va tezkor suğurta xizmatlarini körsatiş maqsadida “SQB Online” platformasi işga tuşirildi. Suğurta xizmatlarining “Telegram-bot” orqali ham sotuvi yölga qöyilgan.

Kompaniya içki va taşqi suğurta xizmatlari bozorlarida qayta suğurtalaş xizmatlarini ham körsatiş imkoniga ega. Ayni paytda şu yönalişda 22 ta kompaniya bilan hamkorlik örnatgan, “SKALA broker” (Rossiya) va “MOI Broker” (Qozoğiston) xalqaro qayta suğurtalaş brokerlari bilan şartnomalar tuzgan. Natijada joriy yilning 1 yanvar holatiga köra, qayta suğurtalaş xizmatlari böyiça 394 ta şartnoma imzolab, 1,4 mlrd. söm hajmida suğurta mukofotlari tuşumini ta'minlagan.  

Xalqaro hamkorlik borasida “SQB Insurance”, şuningdek Turkiyaning  REMED Assistance” (Turkiya) xalqaro assistans kompaniyasi bilan sayohatçilarni suğurtalaş loyihasi doirasida iş olib bormoqda.