Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Central Asian University AQSh bilan hamkorlikda Professional MBA dasturiga qabul boshladi
Central Asian University (sobiq AKFA Universiteti) Professional MBA (Master’s in Business Administration) dasturiga qabul boshlandi. CAU Professional MBA dasturi turli sohalarda ishlayotgan mutaxassislar uchun ham ishlab, ham o‘qish imkonini yaratadi va kareraviy o‘sish imkonini ta’minlaydi.
CAU Professional MBA dasturi talabalari AQShning nufuzli Colorado State University bilan 1+1 imkonidan foydalanishlari mumkin. 1 yilni yuqori ko‘rsatkichlar bilan tamomlagan talabalar MBA dasturining 2 yilini Colorado State University’da o‘qishlari va 2ta diplom: Central Asian University va Colorado State University diplomlariga ega bo‘lishlari mumkin.

CAU Professional MBA dasturi AQShning nufuzli universitetlari standartlariga to‘liq javob beradi va talabalarga dunyoning istalgan nuqtasida kompaniyalarni muvaffaqiyatli boshqarish malakasini beradi. CAU Biznes Maktabi professorlari orasida Garvard, Kembridj Universitetlari, shuningdek Yevropa, Koreya, Yaponiya hamda Xitoyning nufuzli universitetlarida o‘qigan va tadqiqot olib borgan olim va professorlar hamda Apple, LG Electronics kabi kompaniyalarida ishlagan menejerlar dars berishadi.

CAU Professional MBA dasturi ikki yil davom etadi. Darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi va haftada ikki yoki uch kun kechqurun soat 18:00-21:30 orasida bo‘lib o‘tadi. MBA dasturiga qabul 1 sentabrgacha davom etadi. CAU Professional MBA dasturiga istalgan sohada bakalavr diplomiga ega bo‘lgan, ingliz tilini biladigan (IELTS 6 yoki uning ekvivalenti) nomzodlar hujjat topshirishi mumkin. Ish tajribasiga ega, ayniqsa menejerlik lavozimida ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi.
Nomzodlar hujjatlarini quyidagi ilova orqali topshirish mumkin:
https://forms.gle/vUL9nK6z9a6Hm8FZ6
Reklama
Mavzuga oid
15:00 / 26.11.2025
CAU’da maktab o‘quvchilari hamda litsey va kollej bitiruvchilari uchun oliy o‘quv yurtiga tayyorgarlikning yangi shakli - Be Student dasturiga start berildi
09:00 / 29.10.2025
Toshkentda "Kelajak tibbiyoti 2025" yirik xalqaro tibbiyot olimpiadasi o‘tkaziladi
19:00 / 16.09.2025
Central Asian University va AKFA Medline University Hospital vakillari Cleveland Clinic’da malaka oshirish kursini o‘tadi
15:00 / 28.08.2025