Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonlik ayol va uning voyaga yetmagan qizi zo‘rlandi. Rossiya TQ tergov boshladi
Foto: Svetlana Xolyavchuk/TASS
Peterburgda o‘zbekistonlik ayol va uning voyaga yetmagan qizi ishtirokida dahshatli voqea yuz berdi. Bu haqda Rossiya matbuoti xabar tarqatdi.
18 may kuni O‘zbekistonning 33 yoshli fuqarosi bo‘lgan ayol internet orqali «Vatandosh» o‘zbeklar mintaqaviy tashkiloti rahbari Usmon Baratovga murojaat qilgan. Ayolning aytishicha, 5 maydan 9 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Dachniy prospekt-24 manzilidagi uyda joylashgan kvartirada ikki nafar noma'lum shaxs uni va 12 yoshli qizini zo‘rlashgan. Shu bilan birga, ular ko‘rsatilgan kvartirada kuch bilan ushlab turilgan.
Tergov qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (zo‘rlash) va 127-moddasi 2-qismining «d» va «j» bandlari bo‘yicha (ikki yoki undan ortiq shaxsni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxsni noqonuniy ravishda kuch bilan ushlab turish) jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Bu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib Tojikistonning 47 yoshli fuqarosi qo‘lga olindi. U hech qayerda ishlamaydi - ya'ni, nolegal. Erkak Peterburgda migratsiya ro‘yxatida qayd etilmagan. Shuningdek, xabar qilinishicha, o‘zbekistonlik ayol va uning qizi ham migratsiya ro‘yxatiga qo‘yilmagan.
Mavzuga oid
13:27 / 14.10.2025
Toshkentdan Peterburgga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi
12:49 / 11.10.2025
Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025