Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IV “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati o‘tkaziladi
Sovrin jamg‘armasi 620 million so‘mni tashkil etuvchi turnirda ishtirok etishni xohlovchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish (gambit.zakovatklubi.uz veb-saytida) 14 oktyabr kuni soat 23:59 gacha davom etadi. Unda O‘zbekistonning istalgan shaxmatga qiziquvchi fuqarosi ishtirok etishi mumkin.
Foto: Zakovat-Gambit
Joriy yil oktyabr oyida IV “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati bo‘lib o‘tadi. Turnirning final bosqichi 22-23 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Chempionatda qatnashish uchun gambit.zakovatklubi.uz veb-saytida 14 oktyabr kuni soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tishda ishtirokchilar o‘z reytingini hisobga olishi va tegishli guruhda ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
ℹ️ “Zakovat-Gambit” turniriga ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati har yili muntazam o‘tkazib kelinadi. Turnir saralash, yarimfinal va final bosqichlaridan iborat bo‘ladi.
16 oktyabr kuni ishtirokchilar uchun chess.com platformasida onlayn saralash bosqichi o‘tkaziladi. 21 oktyabr kuni turnirning yarimfinali, 22-23 oktyabr kunlari esa final bosqichi o‘tkaziladi.
Shaxmatchilar reytingiga qarab 5 ta guruhga bo‘lingan holda bellashuvlar olib boradi.
Musobaqa sovrin jamg‘armasi guruhlar o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi:
A guruhi
1-o‘rin – 50 million so‘m
2-o‘rin – 30 million so‘m
3-o‘rin – 20 million so‘m
Ayollar o‘rtasida 1-o‘rin – 20 mln so‘m.
B guruhi
1-o‘rin – 50 million so‘m
2-o‘rin – 30 million so‘m
3-o‘rin – 20 million so‘m
Ayollar o‘rtasida 1-o‘rin – 20 mln so‘m.
C guruhi
1-o‘rin – 50 million so‘m
2-o‘rin – 30 million so‘m
3-o‘rin – 20 million so‘m
Ayollar o‘rtasida 1-o‘rin – 20 mln so‘m.
D guruhi
1-o‘rin – 50 million so‘m
2-o‘rin – 30 million so‘m
3-o‘rin – 20 million so‘m
Ayollar o‘rtasida 1-o‘rin – 20 mln so‘m.
E guruhi
1-o‘rin – 50 million so‘m
2-o‘rin – 30 million so‘m
3-o‘rin – 20 million so‘m
Ayollar o‘rtasida 1-o‘rin – 20 mln so‘m.
Eng yoshi katta ishtirokchi uchun maxsus mukofot – 10 mln so‘m
Eng yoshi kichik ishtirokchi uchun maxsus mukofot – 10 mln so‘m.