Sport | 09:51 / 23.10.2023
23156
1 daqiqa o‘qiladi

Paraosiyo o‘yinlari. O‘zbekiston birinchi kunni 3ta oltin medal bilan boshladi

Hangjouda IV paraosiyo o‘yinlari start oldi. 

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston delegatsiyasiga musobaqadagi ilk medallarni parakanoe vakillari keltirishdi. 

VL3 klassida Shahzoda Mamadaliyeva (58:775), VL2 klassida Iroda Rustamova (1:02.775), VL2 klassi finalida Azizbek Abdulhabibov (42.487 soniya) marraga birinchi bo‘lib yetib kelishdi.

Mavzuga oid