III Paraosiyo öyinlarida ğolib va sovrindorlar bölgan özbekistonlik sportçilarni pul mukofotlari bilan taqdirlaş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining tegişli farmoyişlari imzolangandi.
20 dekabrda Olimpiya şon-şuhrati muzeyida uşbu mukofotlarni egalariga topşiriş marosimi ötkazildi. Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Paralimpiya Milliy assotsiatsiyasi raisi Uluğbek Mirhaydarov va boşqalar iştirok etişdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Dastlab, Prezidentning yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yil 4 dekabr kuni imzolangan “III Parosiyo öyinlarining ğoliblari va sovrindorlarini taqdirlaş töğrisida”gi Farmoyişini öqib eşittirdi.
Unga köra, Paraosiyo öyinlari oltin medali sohiblari 5000, kumuş medal sovrindorlari 3000, bronza medaliga ega çiqqan sportçilarga 2000 AQŞ dollari miqdoridagi, şogirdlari oltin medalni qölga kiritgan murabbiylar 2500, kumuş medal 1500, bronza medalga ega çiqqan sportçilarimizning murabbiylari esa 1000 AQŞ dollari miqdoridagi mukofot puli bilan birma-bir taqdirlanişdi.
Ma'lumot uçun, joriy yilning 6-13-oktabr kunlari Indoneziyaning Jakarta şahrida bölib ötgan III Paraosiyo öyinlarida 42 ta davlat sport delegatsiyasi iştirokida 2831 nafar sportçi iştirok etdi.
Uşbu musobaqalarida sportning 17 ta turi böyiça 421 komplekt medallar öynaldi. Özbekiston sport delegatsiyasi öyinlarda 5 ta sport turida (dzyudo, yengil atletika, suziş, öq otiş va pauerlifting) 54 nafar sportçi bilan iştirok etdi.
Özbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 35 ta oltin, 24 ta kumuş, 18 ta bronza, jami 77 ta medalga sazovor bölib, umumjamoa hisobida 42 ta davlatdan 5-örinni egalladi hamda özbek sporti tarixidagi Paraosiyo öyinlarida medallar böyiça eng yaxşi natijani qayd etgan.












