2022 yil kuzida Hançjouda bölib ötişi kerak bölgan XIX Osiyo va IV Paraosiyo öyinlari noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda turnirning taşkiliy qömitasi ma’lum qildi.
Xitoydagi koronavirusning yangi tölqini bilan boğliq vaziyat musobaqaning keçiktirilişiga sabab böldi.
Osiyo va Paraosiyo öyinlarining yangi sanalari keyinroq e’lon qilinadi.
Ma’lumot örnida, musobaqa ötkaziladigan Hançjou Xitoyning eng yirik şahri — Şanhay yaqinida joylaşgan. Şanhayda esa yaqinda bir haftalik karantin joriy etilgan edi.
Avvalroq taşkilotçilar Pekinda bölib ötgan qişki Olimpiya va Paralimpiya öyinlarining muvaffaqiyatli tajribasidan saboq olib, Osiyo va Paraosiyo öyinlarini ham ana şu reja asosida ötkazişlarini ma’lum qilişgandi.











