Indoneziyada bölib ötgan III Paraosiyo öyinlarida muvaffaqiyatli iştirok etgan Özbekiston delegatsiyasining asosiy qismi 15 oktabr oqşomida charter reys bilan Toşkentga yetib keldi. Şu munosabat bilan Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tantanali tadbir taşkil etildi.

Tadbirda ta'kidlanganidek, 54 nafar sportçi bilan musobaqaga taşrif buyurgan Özbekiston terma jamoasi jami 77 ta medal (35 ta oltin, 24 ta kumuş va 18 ta bronza) bilan öz tarixidagi eng yaxşi natijasini qayd etdi. Medallar jadvalida 6-örinni olgan jamoa kuçli önlikdan joy olgan termalar içida eng kam sportçi bilan iştirok etgan edi, ya'ni eng yaxşi mahsuldorlik körsatkiçi aynan Özbekiston paraatletlari tomonidan qayd etildi.

Köp sonli ota-onalar va sport muxlislari iştirokida ötgan kutib oliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamda Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham iştirok etdi.
Tadbirni oçib beriş uçun sözga çiqqan Aziz Abduhakimov delegatsiya a'zolarini Özbekiston hukumati nomidan tabrikladi, ular mamlakatning faxr-u iftixori ekanliklarini qayd etib ötdi. Şundan söng Mudofaa vazirligining harbiy orkestri ijrosida Özbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi.

Marosimda Paraosiyo öyinlarining ğolib va sovrindorlari bölgan sportçilar, ularning ota-onalari va murabbiylaridan ba'zilari ham minbarga çiqib, öz hayajonlari va mulohazalari bilan örtoqlaşdi. Kutib oliş tadbirlarining birinçi qismi şu bilan yakuniga yetdi va delegatsiya Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga yöl oldi.
Kutib oliş marosimida iştirok etgan Kun.uz muxbiri çempion sportçilarni suhbatga tortdi. Xususan, Jakarta-2018 musobaqasining uç karra ğolibi va 2 ta bronza sohibi, suziş böyiça ikkita yönalişda Osiyo rekordini örnatgan Dmitriy Xorlin hamda dzyudo böyiça -70 kg vazn toifasida Paraosiyo öyinlari çempioni, jamoaviy bahslarda kumuş medal sovrindori bölgan Vasila Aliboyeva öz taassurotlari bilan örtoqlaşdi. Quyida uşbu blits-intervyularni öz içiga olgan tadbir reportaji e'tiboringizga havola etiladi.











