Toshkentda 6ta yangi yo‘l o‘tkazgich quriladi
Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Prezidentning “Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Hujjat bilan 2020-2021 yillarda qurilishi va rekonstruksiya qilinishi zarur bo‘lgan Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasi obektlarining ro‘yxati e'lon qilindi.
Unga ko‘ra, Ahmad Donish - Nurafshon ko‘chalari kesishmasini (5 ta uchastka) rekonstruksiya qilish, THAY yo‘lining Beruniy va Orzu chorrahasidan Malika savdo markazigacha bo‘lgan yo‘l qismini, Farg‘ona yo‘li ko‘chasini va Yangi Sergeli ko‘chasini rekonstruksiya qilish mo‘ljallangan.
Shuningdek, Qorasaroy ko‘chasi va THAY chorrahasida, THAY va Bog‘ishamol ko‘chasi kesishmasida, THAY va Farobiy ko‘chalari kesishmasida, Amir Temur va Xurshid ko‘chalari kesishmasida, THAY va Amir Temur shohko‘chasi kesishmasida yo‘l o‘tkazgich hamda Cho‘ponota ko‘chasidan Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘li va yo‘l o‘tkazgich qurilishi rejalashtirilgan.
2020-2021 yillarda qurilishi va rekonstruksiya qilinishi zarur bo‘lgan Toshkent shahrining yo‘l-transport infratuzilmasi obektlarining RO‘YXATI
Mavzuga oid
18:14 / 27.12.2024
Dunyodagi havosi eng iflos shahar – Toshkent havosida PM2,5 zaharli zarrachalari me’yordan 29 marta oshdi
08:01 / 27.12.2024
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallab turibdi
19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55 / 26.12.2024