Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallab turibdi
27 dekabrda Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 2-o‘rinni egallab turibdi.
IQAir portaliga ko‘ra, soat 8:00 da Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 249 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “o‘ta zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Reytingda 1-o‘rinni Hindistonning Dehli shahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 292 mkg/m3. Pokistonning Lahori 3-pog‘onada — 237 mkg/m3. Xitoyning Uhan shahri to‘rtinchi o‘rinda — 220 mkg/m3
Reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Sarayevo (Bosniya), Ulan-Bator (Mo‘g‘uliston), Manama (Bahrayn), Kobul (Afg‘oniston) Karachi (Pokiston), Xanoy (Vetnam) o‘rin egallagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026