27 dekabr kuni IQAir stansiyasiga ulangan Toşkent şahridagi 30 ta stansiya havo sifati yomonlaşganini körsatyapti. Havo sifati 8 ta stansiyada qizil - xavfli, 22 tasida esa binafşarang – öta xavfli darajaga çiqqan. Şahar havosida PM2,5 örtaça 219 mkg/m3 ni taşkil qilgan. Bu JSST belgilagan me’yordan 29 marta köp. Bu körsatkiç bilan poytaxt havo iflosligi böyiça dunyoda birinçi öringa çiqqan. Ayni vaziyat sabablari böyiça Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligi, Özgidromet xizmati va Toşkent şahar hokimligi rasmiy sahifalarida tuşuntiriş va ogohlantiriş berilmadi.

Oldinroq iqlimşunos Erkin Abdulahatov hafta davomida kutilayotgan ob-havo tahlillari haqida yozganida hafta oxirida poytaxt havosida ifloslaniş kuzatilişini taxmin qilgan. Unda havo haroratining kötarilib borişi sabab bölişi mumkinligi aytilgan.
“Yakşanba kuni [29 dekabr] Özbekistonning katta qismida kutilayotgan kam yoğin-soçinli ob-havo mayda dispers zarraçalari tarqalişiga imkon bermaydi. Ammo haftaning boşqa kunlari, masalan, duşanba-çorşanba kunlari antitsiklonal jarayonlar bunday zarraçalarning tarqalişi uçun qulay muhitni yuzaga keltiradi. Respublikaning köplab hududlarida antitsiklonal jarayon ta’sirida Quyoş botişi va çiqişidan söng kuzatiladigan inversiya fonida havoda suv buğining töyinişi, xiralik (tuman, ğubor hodisalari), uning ortidan havoda biroz ifloslaniş yuzaga kelişi mumkin.Şanba va yakşanba kunduz kunlari haroratning yuqori kötarilişi pastdan yuqoriga kötariluvçi kuç hisobiga havoda mayda dispers zarraçalari köpayişiga zamin yasaşi mumkin. Xususan, poytaxtda ham iş haftasi boşida mayda dispers zarraçalari bilan boğliq ifloslik biroz köpayişini taxmin qiliş mumkin”, - deb yozgan iqlimşunos.
Ma’lumot uçun, Toşkent şahrida havo sifati yomonlaşuvi noyabr oyida ham kuzatilgandi. Unda şahardagi eng yomon holat Yunusobodda örnatilgan Safia pişiriqlar uyi stansiyasida qayd etilgandi. Bunga Yunusobod tumani va unga qöşni hududlarda filtrsiz işlayotgan issiqxonalar asosiy sabab qilib körsatilgandi.
Umuman şaharda kuz-qiş oylarida havo sifati yomonlaşuviga boş rejaning yöqligi, avtomaşinalarning köpaygani va yana boşqa faktorlar sabab bölyapti. Lekin muammoning aynan kuz-qiş oylarida rekord darajada tez-tez takrorlanişining boş sababi – Toşkent şahri va uning atrofidagi issiqxona hamda sanoat zonalaridan çiqayotgan zahar. Obektlar gaz örniga kömir va mazut yoqişga majbur. Bu esa zaharni köpaytiryapti. Vaziyatni esa şu obektlarda zaharni tutib qoliş uçun filtr örnatilmagani








