Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi
“Sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Foto: Shutterstock
Eksperimental innovatsion tadqiqotlar doirasida Sun'iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejim joriy qilinadi.
Maxsus rejim Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining (IT-park) alohida bo‘g‘ini bo‘lib, uning ishtirokchilari IT-park rezidentlari hisoblanadi va ular o‘z faoliyatini eksterritoriallik prinsipi asosida amalga oshiradi.
Maxsus rejim talabgorlari uchun tajriba-sinov loyihalari doirasida faoliyatga ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni tezlashtirilgan va soddalashtirilgan holda olish tizimi joriy qilinadi.
Bunda:
- arizalar 5 ish kuni ichida tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi;
- ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlarni olish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati vakolatli davlat organi tomonidan qisqartiriladi;
- tegishli hujjatlarni olish uchun belgilangan to‘lov miqdorlari 2 baravarga kamaytiriladi.
Maxsus rejim ishtirokchilariga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish doirasida IT-park rezidentlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi. O‘z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ketgan xarajatlari tegishli tartibda davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Maxsus rejim faoliyatining muddati 5 yilni tashkil etadi. Tajriba-sinov loyihalari 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
13:12 / 03.01.2026
«Besh million sun’iy intellekt yetakchilari»: eng yaxshi maktablar elektromobil oladi
18:56 / 02.01.2026
Instagram rahbari: internetdagi surat va videolarga endi so‘zsiz ishonib bo‘lmaydi
12:03 / 31.12.2025