2025 yil 31 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining «Yoşlarni AT sohasiga jalb qiliş, ularning raqamli bilim va könikmalarini oşiriş orqali yuqori daromadli kasblarga yönaltiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 849-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan «Bir million dasturçi» loyihasining mantiqiy davomi sifatida «Beş million sun’iy intellekt yetakçilari» loyihasini amalga oşiriş va mazkur loyiha doirasida yil yakuni böyiça eng yuqori natijalarga erişgan yoşlar, ularning öqituvçilari hamda ta’lim taşkilotlarini rağbatlantiriş taklifi ma’qullangan.

Hujjatda har yili «Beş million sun’iy intellekt yetakçilari» loyihasi doirasida eng yuqori natijalarga erişgan iştirokçilarni taqdirlaş böyiça milliy tanlov ötkazib borilişi belgilangan.

Tanlov ğoliblariga pul mukofotlari va qimmatbaho sovğalar topşirilişi közda tutilgan. Jumladan:

  • 100 nafar öqituvçi — 1 000 AQŞ dollari ekvivalentida pul mukofoti;
  • 10 nafar öqituvçi — xorijiy sayohatga yöllanma;
  • 500 nafar yoşlar — noutbuk;
  • 500 nafar yoşlar — qimmatbaho sovğalar;
  • 3 ta oliy ta’lim taşkiloti — pul mukofoti;
  • 2 ta umumta’lim maktabi («Prezident sovğasi») — elektromobil bilan taqdirlanadi.