Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda masjidlar soni 2071taga yetdi
Shu kunga qadar 150 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan Olmaliq shahrida bitta masjid faoliyat ko‘rsatayotgan edi.
Foto : KUN.UZ
Shu yil 12 avgust kuni Toshkent viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan Olmaliq shahri «Evalak» MFY Faxriylar ko‘chasi 50-uyda joylashgan «Hilol» masjidi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida ta'kidlanishicha, shu kunga qadar 150 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan Olmaliq shahrida bitta masjid faoliyat ko‘rsatayotgan edi.
Mazkur masjid ochilishi bilan Toshkent viloyatidagi masjidlar soni 225 taga, Respublikadagi masjidlar soni esa 2071taga yetadi.
Alloh taolo ushbu jome masjidni xalqimizga muborak aylasin, toat-u ibodatlarni bardavom qilsin, deya yakunlanadi idora xabari.
Mavzuga oid
17:10 / 08.01.2026
2025 yil O‘zbekistonda 3 ta masjid va 1 ta cherkov ro‘yxatdan o‘tkazildi
17:15 / 08.11.2025
Indoneziyadagi masjidda portlash: 55 kishi jarohatlandi. Gumondor 17 yoshli o‘quvchi
12:11 / 18.09.2025
Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi
22:09 / 23.04.2025