Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasi 2025 yil mobaynida diniy-ma’rifiy sohada amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisobot berdi. Ma’lum qilinişiça, 2025 yilda diniy-ma’rifiy sohaga oid 2 ta qonun va 12 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.
Idoraga köra, Özbekiston böylab «Jaholatga qarşi ma’rifat» ğoyasi asosida 70 mingdan ortiq tarğibot tadbirlari ötkazilgan hamda ularda 3 millionga yaqin aholi qamrab olindi. Xususan tadbirlarga, davlat va nodavlat taşkilotlar, xususiy korxonalar xodimlari, harbiylar va ularning oilalari, şuningdek, mahkumlar «jalb qilingan». 100 mingdan ortiq xotin-qizlar örtasida esa zöravonlik, tazyiqqa qarşi tadbirlar taşkil etilgan.
Qömita şuningdek, turli axborotlarga 3 mingdan ortiq raddiyalar bergan:
«Tizim taşkilotlari bilan hamkorlikda mutaassiblik, radikal ğoyalar va ekstremizm ruhidagi axborotlarga qarşi 3 411 ta raddiya mazmunidagi materiallar tayyorlanib, tarqatildi».
Ma’lum qilinişiça, 2025 yil davomida diniy-ma’rifiy resurslar orqali 170 mingdan ortiq material internet tarmoqlari orqali tarqatilgan.
Ötgan yil davomida Özbekistondagi naşriyotlar va turli taşkilotlar tomonidan diniy-ma’rifiy mazmundagi 1 100 ga yaqin nomdagi adabiyotlarni çop etiş böyiça murojaatlarga ijobiy ekspertlik xulosalari, şuningdek, ularning naşr etilişiga ruxsat berildi. Sohaga AI texnologiyalari joriy qilingan.
«Dinşunoslik ekspertizasi faoliyatini yanada takomillaştiriş, iş jarayonlarini optimallaştiriş, xodimlar vaqtini samarali taqsimlaş maqsadida ekspertiza tadqiqotlari jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilindi», deyiladi xabarda.
Din işlari böyiça qömitaning ma’lum qilişiça, bugungi kunda respublika böyiça 2 ming 148 ta masjid faoliyat yuritmoqda. 2025 yilda 3 ta yangi masjid röyxatdan ötdi, 43 ta masjidda tubdan qayta quriş hamda 15 ta masjidda ta’mirlaş işlari yakunlandi.
Barça diniy ta’lim muassasalarining öquv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy yönalişlari qayta körib çiqilib, 10 ga yaqin yangi fanlar kiritildi.
Ayni paytda Özbekistonda 199 ta noislomiy diniy taşkilot faoliyat yuritmoqda. 2025 yilda Navoiy viloyatida 1 ta yangi diniy taşkilot – Rim-katolik çerkovi davlat röyxatidan ötkazildi.

















