O‘zbekiston | 12:35 / 11.08.2017
10219
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ​BMT shafeligida​ yirik siyosiy tadbir tashkil etiladi

Foto: Myday.uz

Joriy yilning noyabr oyida Samarqand shahri BMT shafeligida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik» nomli xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qiladi.

Mazkur tadbirga nafaqat mintaqa mamlakatlari, balki dunyoning boshqa davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif qilingan va ular o‘z ishtiroklarini tasdiqlashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Bugun, 11 avgust kuni tashkil etilgan xalqaro anjumanda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning aytishicha, tadbir Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, so‘nggida qo‘shma qaror hujjati qabul qilinishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Tashqi ishlar vaziri «Markaziy Osiyo - O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi» mavzusida tashkil etilgan mazkur xalqaro anjumanda ishtirok etib, tabrik so‘zi bilan anjuman ish faoliyatini ochib berdi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid