Majmuada muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazarov boşçiligida Özbekistonning turli hududlaridan kelgan ulamolar, imom-xatiblar, nuroniylar va bir neça ön ming kişilik jamoat ilk hayit namozini ado etişdi.

19 mart kuni prezident Şavkat Mirziyoyev bu yerga taşrif buyurib, Imom Buxoriy xotirasiga ehtirom körsatdi.

Kun.uz muxbirlari Imom Buxoriy majmuasidan maxsus reportaj tayyorladi.

63 gektar maydonda barpo etilgan bu hududga kirgan odam avvalo uning kengligini va mahobatini his qiladi. Majmua oçilganiga bir neça kun bölişiga qaramay, bu maskanda ziyoratçilar oqimi kamaygani yöq, aksinça, yurtimizning turli hududlaridan, xorijdan kelgan bir neça ön minglab insonlarni köriş mumkin.  

Bir neça örinlarda Imom Buxoriy majmuasini Hindistondagi Tojmahalga qiyoslaganlar böldi. Darhaqiqat, şaklan ayrim öxşaşliklar bor. Xususan, masjid old qismidagi katta hovuz, uning atrofidagi keng maydon, masjidning oq rangi va gumbazlar, minoralardagi umumiylikni körişimiz mumkin. Biroq Imom Buxoriy majmuasining ma’naviy mohiyati, maqsadi va ğoyasi keskin farq qiladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bölim boşliği, professor Şukrullo Umarovning aytişiça, majmua yuragi bölmiş masjidning kiriş va ayfon peştoqlarida yuzdan ortiq oyat va hadislar yozilgan. Xususan, Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” asaridan 75 ta hadislar keltirilgan. Majmuadagi QR-kodlar orqali köplab tillarda uşbu hadis va oyatlarni öqiş imkoniyati yaratilgan bölib, bu yerga taşrif buyuruvçilar nafaqat ziyorat, balki yangi ilm va ma’rifat bilan çiqib ketişlari közda tutilgan.

Masjid muqaddam 1000 kişiga möljallangan bölsa, hozirgi kunda 10 ming namozxonni siğdirmoqda. Xususan, Ramazon hayiti kuni yetmiş mingga yaqin namozxon hayit namozini ado etgan. Şuningdek, içkariga kirgan odamni eng avvalo gumbazning içki qiyofasi hayratga soladi. Masjidning markaziy qismi 40 metrdan ortiq balandlikka kötarilgan. 19 metrli asosiy gumbaz va uni örab turgan kiçik gumbazlar mahobati kişiga sokinlik beradi.

Bu yerda yana bir muhim jihat – xotin-qizlarning ibodat qilişlari uçun şaroit yaratilgan. Masjidning yerosti qismida namozxonalar taşkil etilgan.

Masjid içkarisi va taşqarisida jami 80 ta kitob javonlari taşkil qilingan bölib, u yerda ziyoratçilar mutolaa qilişlari uçun ön mingga yaqin diniy-ma’rifiy kitoblar joylaştirilgan.