O‘zbekiston | 12:12 / 28.10.2020
21107
2 daqiqa o‘qiladi

«Malika» savdo majmuasi ham sotuvga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 oktabr kuni “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, xususiy sektorga sotiladigan davlat ko‘chmas mulki obektlari ro‘yxati tasdiqlangan.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi tasarrufidagi “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi” ham xususiy sektorga sotiladi.

Shayxontohur tumani, Kichik halqa ko‘chasi 57-, 59- hamda 61-uylarida joylashgan mazkur obektlarning umumiy yer maydoni 41,4 ming kv.m, bino-inshoot maydoni esa 13,8 ming kv.m.ni tashkil qiladi. Bino-inshootlar xalq orasida “Malika” nomi bilan tanilgan hududda joylashgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga 2020 yil 1 noyabrdan boshlab Farmon doirasiga tushgan korxonalar aksiya paketlari (ulushlari) va ko‘chmas mulk obektlarining ommaviy savdolarga chiqarilishini ta'minlash topshirilgan.

Davlat aksiya paketlari (ulushlari), ko‘chmas mulk obektlari baholangan narxda ommaviy savdolarda uch oy muddat davomida sotilmagan taqdirda, ularning boshlang‘ich narxini agentlikning taklifiga asosan qayta belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur farmon bilan Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida joylashgan, Davlat xavfsizlik xizmatining 20 219 kv.m. maydonga ega sobiq markaziy binosi ham sotuvga chiqarilishi belgilangan.

Дилшод Абдуқодиров
Tayyorlagan Дилшод Абдуқодиров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid