Sardobada yetkazilgan zararni töğonni qurganlar qoplab berişi kerak emasmi? Ekspert javob berdi
|16:00 / 10.05.202094 78511 min
Nagoya iqtisodiyot universiteti professori, “Buyuk kelajak” ekspertlar kengaşi a'zosi Alişer Umirdinov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Sardoba fojiasining sabablari va oqibatlari, aybdorlarni jazolaş mexanizmi, fojiadan çiqariladigan xulosalar haqida söz yuritdi.
– Alişer aka, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yuz bergan fojiadan, buning natijasida qança odam uysiz-joysiz qolganidan va hattoki, qöşnilarimiz aziyat çekkanidan xabaringiz bor.
Şunday katta loyiha pudratçiga heç qanday tendersiz topşirilganiga qanday qaraysiz? Şu paytgaça tendersiz berilgan loyihalar qayta körib çiqilişi kerak emasmi?
– Avvalambor, Sardoba fojiasi, texnogen ofat tufayli halok bölgan hamyurtlarimizning oila a'zolariga öz hamdardligimni bildirib qolaman, şu bilan birga uylarini yöqotgan, aziyat çekkan hamyurtlarimiz his qilayotgan qiyinçiliklarni uzoq yurtlarda yaşayotgan biz özbekistonliklar ham ular kabi his qilyapmiz.
Savolingizga keladigan bölsak, gapingiz judayam töğri. Tender öz nomi bilan tender. Bunday katta loyihalar iloji boriça tendersiz berilmasligi kerak, çunki xalqaro amaliyot şunday. Zotan, tender degani eng yaxşi, öşa işning sohibi bölgan odam tomonidan qurilişi yoki amalga oşirilişi lozim degan ma'noni anglatadi.
Şu bilan birga bir narsani unutmaslik kerakki, ba'zi holatlarda hatto rivojlangan Ğarb davlatlari orasida ham davlat qöygan talablarni hamma kompaniya yoki şirkatlar ham bajara olmaydi. Şuning uçun davlatlar faqat öşa talablarni bajargan şirkatlar orasidangina tanlab oliş huquqlariga ega bölişadi.
Ammo öşanda ham u talablarni oldin öşa tenderga, öşa loyihaga da'vogar bölgan kompaniya davlat korxonasi böladimi yoki xususiy korxona böladimi, yoki çet el firmasi böladimi, öşa talablarni töliq bajarişi, qondirişi kerak. Bunga nihoyatda katta e'tibor berişimiz kerak.
“Buyuk kelajak” ekspertlar kengaşi a'zosi Alişer Umirdinov
– Tender tanlovlari hamma uçun oçiq, tanlov şartlariga javob bera oladigan istalgan şirkat unda qatnaşa olişi kerak, töğrimi? U qaysidir içki guruhlar örtasidagina özaro taqsimlanib ketişi kerak emas-ku?!
– Albatta. Bölmasa, uning legitimligi qolmaydi. Qonunlar ma'lum bir odamlar uçun emas, butun xalq uçun bölişi kerak. U oçiq, hamma köra oladigan, öqiy oladigan, osonlik bilan tuşuna oladigan bölişi kerak. Ataylab noqulay, sun'iy tösiqlar qöyilmasligi kerak. Bu xalqaro standart hisoblanadi.
Mavzuga oid
Umid qilamanki, agar yaxşi harakat qiladigan, kerakli saboqlarni çiqaradigan bölsak, Özbekiston bu fojiadan yana ham kuçliroq çiqadi.
Şu paytgaça tendersiz berilgan loyihalar qayta körib çiqilişi kerakmi yoki yöqmi? Huquqşunos sifatida aytişim lozim, umumiy qoida şuki, qonun yoki qonunosti aktlari orqaga qaytiş kuçiga ega emas. Ikkinçi örinda, qonunlar biznes olami, investorlar uçun ma'lum bir barqarorlikni ta'minlaşi kerak. Bölmasa mamlakatimizga heç kim investitsiya kiritmay qöyadi.
Şunday ekan, hozir allaqaçon berilgan, qurilişi ketayotgan tenderlar, qurilişi bitkazilgan masalalarni yana qaytadan köriş balki foydadan köra köproq zararga işlaşi mumkin. Bu narsani unutmasligimiz kerak. Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga köra şu paytgaça qurilgan boşqa gidroinşootlar ham, katta infrastrukutura loyihalari ham qaytadan tekşirilayotgani töğri qaror deb öylayman. Ular obdon közdan keçirilişi lozim.
– Sardoba suv omborining qurilişida iştirok etgan, quriliş işlarini bajargan kompaniya tanlovni qanday yutgani, tenderda iştirok etganlar qança narx taklif etgani oşkor etilmayapti. Savol tuğiladi: tenderda yutgan kompaniyaning taklifi eng maqbul taklif bölganmi? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan norasmiy ma'lumotlarga köra, Sardoba suv ombori töğoni qurilişi 404 million dollarga tuşgan. Bu pulga mahobati bundan ança katta bölgan loyihalar amalga oşirilgan, juda pişiq va puxta qilingan. Bu ma'lumotlarning özi ham Sardoba töğoniga oid loyiha va quriliş-smeta hujjatlarini jamoatçilikka oşkor qiliş kerakligini körsatadi. Şunday emasmi?
– Men albatta qöşilaman. Salkam 1 millliard kub metr miqdorda suv töplangan mega loyiha desak böladi Özbekiston şaroitida. Siz aytgan miqdor agar rost bölsa, çunki rasmiy manbalar buni tasdiqladimi yoki yöqmi, bundan xabarim yöq. Lekin agar bu rost bölsa, bu juda katta mablağni taşkil qiladi va jaydari til bilan aytganda xalqimiz çöntagidan, davlat budjetidan ketgan mablağ hisoblanadi. Şuning uçun albatta tender hujjatlari oşkor qilinişi kerak.
Agar u yerda davlat siriga oid masala bölsa, uni davlat oçmaslik vakolatiga ega. Bu böyiça qonunlarimiz ham bor, ammo davlat siri degan ma'noda hamma hujjatlarni oçmaymiz deb oyoq tiraş ham yaxşi emas. Çunki jamoatçiligimiz bu işga mas'ul bölgan insonlardan izoh kutyapti. Hisobdorlik degan qoida bor. Hisobdorlik qoidasiga asosan, hujjatlarni tegişli ravişda oçib, xalqimizga izoh beriş, menimça, maqsadga muvofiq böladi.
– Huquqşunos bölganingiz uçun quyidagi savolni beryapman. Şaffoflik ta'minlanişi, adolat qaror topişi uçun tergov jarayoni va komissiyaning taftişi qanday taşkil etilişi kerak?
– Buni umumiy ma'noda jinoyat huquqi, jinoyat protsessual huquqi mutaxassislaridan söraganingiz ma'qul edi. Lekin qölimdan kelganiça, bilimim doirasida javob beraman. Bu jinoyat işi bölgani uçun tergovlar yopiq ötkaziladi. Yaponiyada ham xuddi şunday. Buning öziga yaraşa sabablari bor.
Ammo masalani faqat prokuratura organlari, boşqa organlarga berib, taşlab qöymasdan ma'lum darajada jamoatçilik nazoratini ham ta'minlaş uçun tergov işlari nihoyasiga yetganidan keyin yoki uning jarayonida misol uçun Yaponiyada alohida jamoatçilik kengaşi yoki taftiş komissiyalari tuziladi. Ularga ma'lum bir vakolatlar beriladi. Unga san'at arbobi yoki öşa sohaning eng yaxşi mutaxassislari kiradi. Bunday komissiya, qömitalarni tuzgan holda ma'lum darajada jamoatçilik nazoratini ta'minlaşga erişişimiz kerak. Bölmasa devorlar ortida biz bilmaydigan masalalar hal bölib ketişi va tarixiy imkoniyat – Sardoba fojiasidan kerakli saboqlarni ololmay qolişimiz mumkin va insonlar javobgarlikdan qoçişlari mumkin.
– Boş prokuratura Sardoba fojiasi böyiça bayonot berdi. Uşbu bayonotda jinoyat işi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilişi va aybdorlarga nisbatan 2ta modda – Jinoyat kodeksining 207 va 258-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilganini ma'lum qilgan. Bu moddalarning jazo çoralariga töxtaladigan bölsak, ançagina yengil. Uşbu fojia aybdorlari uçun qonunçiligimizda közda tutilgan jazo, sizningça, juda yengil emasmi?
– Kelib çiqqan zararni köz oldimizga keltiradigan bölsak, Jinoyat kodeksidagi uşbu normalarning mas'ul insonlarga tatbiq etilişi balki juda ham yengil körinişi mumkin. Lekin ruxsatingiz bilan masalaning boşqa tomoniga yondaşsam.
Menda Özbekiston Respublikasida haligaça yuridik şaxslarning jinoiy javobgarligi yetarliça örnatilmagan degan fikr mavjud. Çunki şu montaj işlari, pudrat işlarini olib borgan korxonalarning bir neça mas'ullari – u önta bölsin, yigirmata, öttizta bölsin, jazolangan taqdirda ham yuz mingga yaqin inson körgan moddiy zarar, tovon qoplanadimi yoki yöqmi? Bu yerda asosiy masala – şu.
Vaholanki ularning mol-mulki qoplaşga yetmaydi. Şunday ekan, biz asosan fuqarolar körgan moddiy zararni qoplaş masalasini qöyişimiz kerak. Bu yerda yurtimiz qonunçiligiga haligaça kiritilmagan yuridik şaxslarning javobgarlik masalasini qonunçiligimizga qaytadan kiritişimiz kerak. Çunki bir neça yil avval quriliş-inşoot sohasida işlaydigan korxonalarga nisbatan yuridik şaxslarning javobgarligi masalasi qonunçiligimizda bor edi. Lekin nimagadir bu narsa olib taşlandi.
Deputatlarimizga murojaat qilmoqçiman: buni yana qaytadan körib çiqişimiz kerak. Bölmasa, yetarli darajada zarar körgan insonlar öşa yuridik şaxslardan, korxonalardan yetarli darajada tovon yoki kompensatsiya pullarini undira olmasdan sarson-sargardon bölişadi. Bu oxir-oqibat yuridik şaxslarning ham javobgarlikdan qoçişiga va yetarli darajada xulosa çiqarmasliklariga olib keladi deb öylayman.
– Suğurta kompaniyalar vakillari bilan gaplaşganimda suv ostida qolgan, aksariyati suğurtalanmagan uylarning egalariga tovon puli ham tölanmasligini aytişdi. Sirdaryoda nafaqat uylar, balki odamlarning yillar davomida töplagan mol-mulki, asosiy daromad manbai bölgan ekin maydonlari suv ostida qoldi.
Ma'lumotlarga köra, Sirdaryodagi suv ostida qolgan mahallalar hududida 50ta köp qavatli uylar quriladi. Öşa uylardan xonadonlar uyini yöqotgan, tiklab bölmaydigan holatga kelgan fuqarolarga kreditga beriladi. Yigirma yil mobaynida tölab boriş kerak böladi. Falokat tabiiy ofat natijasi emas, balki texnogen fojia deb tan olindi. Bunday vaziyatda töğonni qurganlar fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplab berişi kerak emasmi?
– Bu Sardoba suv omboridan zarar körgan yurtdoşlarimizga tegişli bölgan nihoyatda muhim huquqiy savollardan biri hisoblanadi. Sizga şu masalada Yaponiya tajribasini taniştirib ötsam.
2011 yil mart oyida Yaponiyada Fukusima atom elektr stansiyasida sunami oqibatida portlaş yuz berdi va Fukusimadagi salkam 1 millionga yaqin aholi boşqa viloyatlar yoki Fukusimaning boşqa joylari, ayniqsa Tokio tomonga köçib kelişga majbur böldi. Ular öz yerlarini, mulklarini taşlab ketişdi.
Yaponiyaning bu masala böyiça 1961 yilda atom elektr stansiyalari bilan boğliq zararlarni qoplab beriş töğrisidagi alohida qonuni bor. Şu qonunga asosan Tokio atom elektr stansiyasi va zarar körgan insonlar örtasidagi masalani huquqiy jihatdan hal qiliş uçun alohida taftiş va keliştiruv komissiyasini tuzdi. Şu komissiya yillar davomida iş olib bordi, fermerlar, uyi vayron bölgan insonlar bilan gaplaşdi. Natijada şu paytgaça Kepko kompaniyasi zarar körgan insonlarga qariyb 65 mlrd AQŞ dollari miqdorida tovon tölagan. Demak, asosiy masala insonlar körgan moddiy va ma'naviy zararlarni qoplaşga qaratilgan.
Jinoiy javobgarlik masalasiga töxtaladigan bölsak, şu paytgaça bu masala böyiça jinoiy javobgarlikka tortilgan inson yöq. Çunki Fukusima masalasi biroz öziga xos. Çunki ularda sunami 10 metrlik devordan oşib ötmaydi degan xulosa bölgan va ba'zi olimlar uni ma'lum darajada tasdiqlaşgan. Şuning uçun texnik jihatdan öta murakkab iş hisoblanadi. Ammo hukumatning asosiy e'tibor bergan jihati – millionga yaqin inson zarar körgan va ularni iloji boriça asl hayotlariga qaytariş masalasini birinçi öringa qöygan holda, 65 mlrd dollarlik zarar tölab berilgan.