Ğururi toptalganiga çidolmay, rivojlangan xalq - Yaponiyada ilmga munosabat haqida
|22:12 / 20.06.202426 93619 min
Ikki asr davomida dunyodan izolyatsiyada yaşagan Yaponiya qanday qilib bunça tezda oyoqqa turdi? Kun.uz kunçiqar yurtga ijodiy safari davomida bu mamlakatning rivojlaniş sirlarini örganişga harakat qildi. Hammaga ma’lum bu “sir”lardan biri esa – ilmga munosabat. Bu haqda bizga Nagoya iqtisodiyot universiteti professori Alişer Umirdinov batafsil sözlab berdi.
Yaponiyaga qilgan ijodiy safarimizning boş homiysi - Murad Buildings va NRG kompaniyalari. Kun.uz safar davomida katta kömak körsatgan tadbirkor Murod Nazarovga öz minnatdorçiligini bildiradi.
— Bu yerda (Yaponiyada) ilm-fan çuqur ildiz otganini, masalalarni tizimli ravişda hal qilib, “Şinkansen” poyezdi kabi tezlikda ketayotganini, yurtimizda esa töplangan tajribalar ba’zi bir insonlarning almaşinuvi bilan yoki universitetdagi, kafedradagi ba’zi bir boşliqlarning qovoğiga qarab, özgarib ketişini, öqituvçilarimiz bunga beparvoligini köriş juda oğir, deydi professor. – Bir tomondan qoning bilan a’zo bölgan millating, bir tomondan sen soliq rezidenti sifatida yaşab, ilmiy faoliyat qilayotgan vataning – ikkisida holat ikki xil.
Yangiliklar meni ba’zan şokka soladi... Ammo velosipedni qaytadan ixtiro qilişimiz kerak emas – bobolarimizning qilgan işlarini örganib, ularga öxşaşga harakat qilsak, ularning uslublarini hozirgi zamonga moslasak, köp masala hal böladi.
Domlalarga yetarliça vaqt bermasdan, ta’limga oid bölmagan topşiriqlar beriş haligaça köp. Bu narsa öqituvçi-professorlarni tadqiqot qilişdan tösyapti. Özlarining sohasiga çuqurlaşib, kerakli adabiyotlarni yoza olişlari uçun vaqt kam. Oylik yetmaydigan holatlar ham bor.
Boşqa tomondan professor-öqituvçilarning öz sohasiga beparvoligi, sohaga haqli bölmasa ham, yuzlab talabaning vaqtini olib ötirişi, talabaning savollariga javob berolmaslik, talaba yöl-yöriq sörasa, yöl körsatişni istamaydiganlar köpligini eşitiş men uçun oğir.
Doim tizimni, Oliy ta’lim vazirligini ayblaşdan yiroqman. Ustozlarning qiloladigan işlari, imkoniyatlar bisyor. Köp işlarni talabalar bilan birga qilsa böladi.
Özbekiston universitetlarini bitirib, xorijga magistraturaga çiqqan talaba (ayniqsa, aniq va tabiiy fanlar böyiça) rivojlangan davlatlar talabiga yetib olişi uçun kamida 6 oy yoki 1-1,5 yil vaqtini kutubxonada ötkazişi kerak. Şuning uçun kitoblar tarjima qilinişi – tilimizga ögirilişi kerak.
Mavzuga oid
Hukumat tomonidan “1000 kitob” loyihasi örtaga taşlandi. Juda yaxşi loyiha. Ammo buni kamida 10 ming yoki 50 ming kitob darajasiga çiqariş kerak. Köpgina universitetlar turli xil darsliklar yaratdik deb özlarining saytlarida yozişadi. Lekin öşa kitoblar universitetlarning özida qolib ketadi, ya’ni ilm sirkulyatsiyasi Özbekistonda yomon. Berdaq nomidagi Qoraqalpoğiston davlat universitetida çiqqan kitobdan Farğona davlat universitetidagilar foydalana olmaydi, çunki unaqa kitob borligini bilmaydi. Kitob respublika içida aylanişi kerak. Faqat elektron kitoblar bilan iş bitmaydi.
Aniq va tabiiy fanlar sohasida holatimiz nihoyatda yomon. Köp darsliklar eskirgan, soha mutaxassislari bilan gaplaşsangiz, dodlaşadi. Kitoblar 70-80 yillardagi kitoblar. Professor-öqituvçilarimiz va hozirda budjet mablağlari özlariga qoldirilayotgan universitet ma’muriyatlari jiddiy e’tibor berişi kerak bunga.
Özbekistonda keyingi paytda 6 yil davomida oçilgan yangi universitetlarning aksariyati ijtimoiy-humanitar fan universitetlari hisoblanadi. Biz aniq va tabiiy fanlarni, ya’ni iqtisodning haqiqiy yuragini, işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaydigan sohaga köproq e’tibor berişimiz, laboratoriyalarni köp oçişimiz kerak.
Yaponiyada asosiy pullar aniq va tabiiy fanlarga yönaltiriladi. Çunki işlab çiqarişni, yangi patentlar olinişini, texnik-texnologik taraqqiyotini aynan şu soha yaratadi.
Ikkinçi jahon uruşi paytida Tokio universiteti professorlari aniq va tabiiy fan şogirdlarini uruşdan olib qolişgan ekan.
— Universitetingizda har bir ustoz uçun alohida xona ajratilgan ekan, bu qançalik foydali?
— Bu oldin musulmon ölkalarda bor bölgan, ammo biz yöqotib qöygan qadriyat. Buxoro, Samarqanddagi madrasalarga qarasak, har birida mudarrislarning alohida xonalari bor. Biz yöqotgan madaniyatni boşqalar yaxşi özlaştirib oldi. Hozir bizda barça domlalar katta kafedraga töplanib ötiradi. U kitobini qanday saqlaydi, talaba bilan qayerda uçraşadi, çarçaganda qanday dam oladi, özining şaxsiy anjomlarini qayerda saqlaydi? Yaponiyada universitet oçadigan bölişsa, professorlarga alohida xona beriş majburiy qilingan.
— Siz kitoblar çiqarasiz, neçta böldi yozgan kitoblaringiz?
— Jami 10 ta kitob tayyor böldi. Öninçisi şu oyda Amerikaning Stanford universiteti bilan şartnoma asosida çiqadi. Kitoblarimizning yarmidan köproği huquqşunoslik sohasiga bağişlangan. Jamoamiz asosan tarjima bilan şuğullanadi. Şu sohaga qiziqqan döstlarim, ukalarim, singillarim bilan jamoa bölgan holda buni amalga oşiramiz. Eng yaxşi kitoblarni özbekistonlik yoşlarga öz vaqtida yetkaziş — mening ma’naviy majburiyatim deb öylayman.
Şu bilan birga özimning tajribalarimni bölişiş maqsadida alohida kitoblar ham yozaman. Misol uçun «Talaba döstimga 78 tavsiya» kabi. Bunda bakalavr bosqiçida talaba 4 yilligini qanday ötkazişi, nimalarga diqqat qilişi kerak — şu narsalarga e’tibor berilgan. Keyin talabalardan savol keldi: xorijda qanaqa qilib magistraturada öqişimiz kerak? Uni ham yozdim. Oxirgi kitobimiz «Orzumizdagi professor» kitobi. U ham yozildi, hozir tahrirda. Alloh nasib qilsa, keyingi yil mart oyigaça özbek kitobxonlariga, ayniqsa, 50 mingdan ziyod ilmiy unvonga ega hamkasblarga yetkaziş harakatidaman.
— Qançalik qiyin bu – kitob tarjima qilib, çop qildiriş?
— Judayam qiyin va... judayam lazzatli bu. Yozgan kitobingiz siz uçun bolangizdek gap. Ustoz professorlarimiz – hamkasblarim bir narsani anglaşlari kerak: kitob orqali siz ismingizni abadiylaştirasiz, heç kim buni öçirolmaydi. Bu judayam ajoyib narsa.
Yaponiyada naşriyot bilan muzokara qiladigan bölsangiz, barça xarajatlarni özi kötarib, kitobni çiqarib, özi marketingni ham qiladi. Özbekiston naşriyotlari u bosqiçga hali kötarilgani yöq, çunki bizda kitob sotilişi sust.
Lekin men umidliman. Özbekistonda universitetga kirgan talabalar soni köpayyapti, ilmga bölgan qiziqiş turli tadbirlar orqali ortyapti, kelajak – beş-ön yilda ilmga qiziqiş, menimça, Özbekistonda yana ortadi. Orttirişga harakat qilişimiz kerak. Qözğab yuborişimiz kerak qiziqişni. Şunaqa kitoblar yozilişi kerak. “Yoşlar öqimaydi” deb ularni past himmat qilib körsatiş biz uçun – katta ayb.
— Kitob çiqariş uçun mablağni qayerdan olyapsiz?
— Birinçidan, şaxsiy mablağlarim. Men pul yiğmayman... Kitob çiqaraman. Şu men uçun lazzat. Oila a’zolarim meni tuşunişadi. Qolaversa, özim işlayotgan Nagoya universiteti, Yaponiya davlati kitoblar çiqariş uçun grantlar ajratadi.
— Kitob çiqariş faoliyatingizning davomiy bölişi kitoblaringiz sotilişiga boğliq, şundaymi?
— Albatta. Yaxşi sotilsa, köproq imkoniyat böladi. Masalan, keyingi yil uçun kamida 6-7 kitobimiz bor, tayyor bölyapti, lekin ularni çop etiş uçun mablağ kerak. 100 million sömlik kitobimiz omborda turibdi. Agar sotiladigan bölsa, biz yangi kitoblarni moliyalaşimiz mumkin.
— Özaro suhbatda siz bir xafaligingizni ham aytdingiz, ya’ni çop qilgan kitoblaringizni skaner qilib olib, foydalaniş, mualliflik huquqingizni poymol qilgan holda.
— Kuzatuvlarim şu narsani körsatyaptiki, Özbekistonda eng kam hurmat qilinayotgan mulk bu – intellektual mulk. Jamiyatning fikrini özgartiriş kerak. Rivojlanişimiz uçun biz intellektual mulkni asraşimiz, ularni işlab çiqaruvçi ziyoli va intellektual qatlamni qöllab-quvvatlaşimiz kerak. Çunki davlat ölaroq, jamiyat ölaroq biz intellektual mulkni yaratuvçilarga yetarli mablağ berolganimiz yöq. Berolmaganimizga yaraşa, ularning mulklarini bevosita yoki bilvosita öğirlamasligimiz ham kerak. Ba’zi kitoblarimiz bizdan besöroq skaner qilingan va ma’lum bir kutubxonalarda turibdi, PDF şaklda. Holbuki har bir kitobga kamida 5-10 ming dollar sarflaganmiz.
Eng yomoni, buni... universitetlar qilyapti... Bu ançagina ayançli holat. Kitoblar sotilmaydigan bölsa, biz keyingi kitoblarni moliyalaştira olmaymiz. Skaner qilib, uni kutubxonaga qöyiş, ta’lim harakatining oldini oliş böladi.
Biz qalam haqiga bölgan qiziqişni qözğab yuborişimiz kerak. Ustozlarimizda teşa tegmagan ğoyalar bor deb öylayman. Qiziqişni qözğamasak, iqtisodiy kanalni yaratmasak, bölmaydi.
Toşkentga borganimda bepul narsa körmadim, hamma narsaning pulini tölaysiz. Lekin kitobga kelganda, heç kim pulini tölagisi kelmaydi. “Sovğa qilasizmi”, “elektron variantdan taşlab bering”, deyişadi... Bu narsada prinsipda turişimiz kerak, or-nomus deb bilişimiz kerak. Bu mening şaxsiy masalam emas, bu yerda Özbekistondagi ilm rivojlanişi masalasi yotibdi. Hozir qattiq tursak, 5-10 yilda keyingi avlod kitob sotib olişga örganadi, kitobni öğriça işlatiş kabi illatdan qutulamiz.
JSTga qöşilyapmiz. U yerda tovarlar oldi-sotdisiga aloqador bölgan intellektual mulk şartnomasi bor. Parij va Berlin konvensiyalariga amal qilişga majbur bölamiz. Intellektual mulk huquqini öğirlamaydigan, qaroqçilik qilmaydigan, balki uni işlab çiqaradigan kuçli intellektual millatga aylanişimiz kerak.
Yaponiya, AQŞ, Yevropa davlatlariga nega hamma intiladi? U yerlarda öşa davlatlarning tilida deyarli barça sohalarda ilmiy tadqiqot ötkazsa böladi, yetarli adabiyotlar mavjud. Yaponiyada ham şunaqa. Kitoblar, monografiyalar, dissertatsiyalar va mutaxassislar yetarliça topiladi. Bu davlat uçun bir tojdir.
Bitiruvçilarimiz orasidan eng aqllilarini universitetda olib qoliş kerak. Eng aqllilar xususiy sektorga ötib ketmasligi kerak. Ustoz professorlar bunga ruxsat bermasligi kerak. Nima qilib bölsa ham, eng aqlli avlod universitetlarda professor bölib qolişi kerak.
Lekin ming afsuski, hozir unaqamas. Taşqaridan iş topolmagan, vaqtinça işlab turay, oylik bölib tursin, degan domlalar afsuski, universitetlarimizda juda köp. Bunday bölmasligi kerak. Şu toifa agar millatimiz yoşlarini öqitayotgan bölsa, holimizga voy. Bu narsani tuzatiş hammaning yelkasida: hukumatning ham, oliy ta’lim vazirligining ham, universitet boşqaruvçilarining ham, professorlarning ham.
Milliy boylarimiz, tadbirkorlarimiz ustoz professorlar bilan maslahatlaşişi, ustozlar ham ularga “şogirdlarimiz bor, ularni qöllab-quvvatlang” deyişi kerak.
— Maqolalaringizdan biri menga ança ta’sir qilgandi: qanday qilib yaponlar ilmni öz yurtiga transfer qilgani haqida. Bu jarayonga kimdir boşçilik qilganmi? Yoki stixiyali ravişda – hamma tuşungan holda bölganmi bu?
— Meydzi restavratsiyasidan keyingi davr insonlarida umumiy konsensus bölgan. “Mustamlaka bölib qolişimiz mumkin, tezroq oyoqqa turişimiz kerak”, degan his bölgan. Har bir çetga çiqqan kişi öz sohasining kerakli kitoblarini, darsliklarni olib kelib çop qila boşlagan. Bu yerda 1880-yillarda çop qilingan ba’zi kitoblar Özbekistonda haligaça çop qilinmagan...
Yapon ziyolilari orasida dunyo holatini töğri öqiş, u yerdagi fenomenni anglaşga oid ittifoq juda yuqori bölgan. Şuning uçun tez fursatda Yaponiyada ilm yoyilgan va 30 yil ötmay, Xitoy kabi davlat ustidan ğalaba qozonilgan, 40 yil ötmayoq, Yevropaning qudratli davlati – Rossiya ustidan ğalaba qozonilgan.
Yaponlarning eng ğururiga tekkan narsa haqida gapirib beraman. Çet elliklar birinçi bölib Yaponiyaga kelganda, huquq masalasi kötariladi. Yaponiyada taraqqiy etgan zamonaviy huquqiy tizim bölmagani, jinoyat kodeksi, şartnomalarni amalga oşiriş uçun fuqarolik yoki fuqarolik-protsessual kodeks bölmagan. Şuning uçun “bizning fuqarolarni sud qila olmaysiz”, deb, Yevropa va AQŞ Yaponiya bilan noteng şartnoma tuzadi. Şartnomaga köra, ularning elçixonalari va konsulliklarigina öşa jinoyat sodir etgan ğarblikni jazolay oladigan, yapon sudyasi ularni jazolay olmaydigan böldi.
Bu narsa yaponlarga judayam oğir botgan. Tezda huquq tizimini tuzişga kirişilgan. Yevropa va Amerikaning huquq tizimini örganişgan. Boşida Fransiya, undan keyin Germaniya huquq tizimiga asoslangan ommaviy huquq tizimini barpo qilişgan. Noteng şartnomalarni özgartiriş uçun bölgan bu.
Bozorlaringizni oçiq qöyasizlar, mahsulotlarimizga bojxona tariflarini sololmaysizlar, degan ma’noda ham bosim bölgan. Yaponiya mana şu noteng talabni ham bekor qiliş uçun jiddiy harakat qilgan.
Özbekistonga bunaqa bosim yöq, Özbekiston tenglar içida teng, deyiladigan bölsa, men bunday deb öylamayman. Töğri, şartnomalarda tengmiz, BMTda öz örnimiz bor. Ammo bitta narsani unutmaslik kerak: JSTga kiryapmiz, iqtisodiy, siyosiy jihatdan kuçli davlatlar bilan ikki tomonlama şartnoma amalga oşirişimiz kerak. Bunda sizning harbiy, iqtisodiy, siyosiy qudratingiz va katta bozoringiz muhim rol öynaydi.
Dunyoda kuçli davlatlarning klublari bor: G7, G20 kabi. Bularga Özbekiston kirmagan. Şunday ekan, dunyo davlatlari borasidagi qarorlarni qabul qilişda Özbekiston iştirok etyaptimi, deydigan bölsak, iştirok etmayapti. Biz bilan hisoblaşişlari uçun, iqtisodimiz kuçli bölişi, huquq tizimimiz şaffof va adolatli bölişi kerak.
Bizga kamida 500 milliard dollarlik iqtisod kerak. Nihoyatda harakatçan va yaratuvçan millat va kuçli intellektual ziyoli qatlam, uni qöllab-quvvatlaydigan milliy tadbirkorlarimiz kerak. Aqlli, fidokor hukumat, aqlli ziyolilar va aqlli milliy tadbirkorlar uçligi birlaşgandan keyin millatimiz yuqoriga kötarila oladi deb işonaman. Professorlarimiz şunday avlodni yetiştiriş payida bölişi lozim.
Bizga muştoq bölib turgan va keyingi paytda universitetlarni töldirib yuborgan milliondan ziyod talabalarga dunyo ilmini tezlik bilan yetkazişimiz kerak. Yetkazmasak, talabalarga vafosizlik qilgan bölamiz, ularning 4 yillik umrini zavolga uçratgan, xiyonat qilgan bölamiz.
— Vaziyat favqulodda mas’uliyatni talab qilişini dunyodagi oxirgi voqealar, harbiy harakatlar isbotlab turibdi. Har birimizning mas’uliyatimiz bir neça barobar oşdi.
— Men xalqaro huquqşunosman va biz xalqaro huquqşunoslar uçun oğir davrlar keldi. Çunki xalqaro huquqiy normalar işlamay qolyapti. BMT nizomi 2-moddasidagi 2-4-qismlar, ya’ni masalalarni tinç yöl bilan, muloqot orqali hal qiliş degan norma işlamay qolyapti. Rossiya-Ukraina uruşi deysizmi, Ğazo uruşi deysizmi... Keça BMT inson huquqlari böyiça vakili dod solyapti. Biz ham maqola-yu kitoblarimizda dod deyapmiz. Lekin buni eşituvçi quloq yöq. Huquqdan, adolatdan köra, harbiy, iqtisodiy, siyosiy kuç örtaga çiqib qolyapti. Respublikamizga yaqin 3 ta joyda uruş öçoqlari oçildi. Xalqaro huquqşunoslarni qörqitayotgan narsa şuki, keyingi paytda uruş qiliş oson bölib qoldi.
Hukumatimiz öz pozitsiyasini bildiryapti. Hukumat ham, millat ham, har bir şaxs ham öz xulosasini çiqarişi kerak bu voqelikdan.
Sönggi vaqtlarda “yoşlarda motivatsiya yöq” deyişadi, menga “motivatsiya bering”, deb yozib ham qolişadi. Motivatsiyaxör bölib qolyapmiz. Yoşlarimiz öziga kelişi uçun global perspektiva, global dunyoqaraşni şakllantirişimiz kerak. Özbekiston içiga qarab bunaqa qaraşni şakllantiriş qiyin, atrofga qaraş kerak. Nima qilişimiz kerak, nimalarga tayyor turişimiz kerak degan savollar qöyilişi lozim. “Özim bölay”, deb tuyaquşdek boşni qum içiga suqib oliş ketmaydi.
Suverenitetimiz – hadya qilingan narsa emas, uni saqlaşimiz kerak. Bu uçun intellektual, yaratuvçan, harakatçan, oldinga qaragan, muloqotga oçiq, dunyoni ilmiy ma’noda yaxşi anglagan va töğri xulosalar çiqaruvçi, töğri çora-tadbirlarni örtaga taşlovçi butun boşli millatga aylanişimiz kerak. Bölmasa, oğir ahvollar boşimizga solinişi mumkin.
Eng katta rolni olimlar, ustoz professorlar öynaşi kerak. Faqatgina mediaga, çeklangan odamlargagina taşlab, ana, ular qilyapti, deyiş — kattagina mas’uliyatsizlik.
Qiziqişlarimdan biri — Xitoy. Xitoy nima, u nima istaydi — bu haqda birorta kitob yöq bizda. Rossiya-Ukraina uruşini anglaşga yordam beradigan kitob ham yöq. Nega yozişmaydi, bilmayman.
Özbekistonda ilmiy davralar, ilmiy gurunglar yöq bölib ketgan. Yaponiyada birgina huquq sohasiga aloqador 84 ta ilmiy assotsiatsiya bor! Yilda bir yoki ikki marta körişib, ilmiy bahs, munozaralar qilinadi. Keksa olimlar ham minbarga çiqib, taqdimot qiladi, özining yangi fikrlarini örtaga taşlaydi, qolganlar xohlagança savollarni berişadi. “Men katta olimman” deb ötirmaydi. Oldin bunaqa ilmiy guruhlar bölgan özimizda ham. Lekin hozir bizda faqat nomzodlik, doktorlik dissertatsiyasini yoqlaş payti biroz gurung böldi.
Universitetlarni faqat şunçaki öqitadigan emas, çuqur ilmiy munozaralar qilinadigan joyga aylantiriş kerak. Ayniqsa, xususiy universitet oçayotgan biznes egalari, vasiylik kengaşlari bunga e’tibor berişi kerak.
Eng açinarlisi şuki, Xitoy hozir Özbekistonni özimizdan köra köproq örganyapti... Ular töxtovsiz ilmiy guruhlar tuzişyapti, odamlar jönatişyapti.
Har kuni çop etilayotgan fransuz, nemis, ingliz, yapon, koreys tilidagi maqolalarga, mavzulariga bir qaraylik... “Şunaqa sohani örganayotgan odam ham bor ekan-da”, deysiz. Biz-çi? Özbekistonda yaponşunos olimlar neçta? Sankt-Peterburgni örganadigan olimlar-çi? Yaponiyada bor şunaqa olimlar, Farğona vodiysinigina örganadigan olimlar bor, Toşkent şahrining özini yoki Toşkent şahridagi mahallalarni örganadigan olimlar bor. Efiopiyadagi qabilalarni örganadiganlar bor.
Töğri, ularning orqasida davlatning katta dastlagi bor, buni rad qilolmayman. Xöp, hozirça qölimizdan kelgan işni qilaylik, masalan, Rossiyani, uning taşqi siyosatini örganiş qiyin emas-ku! “Tolibon” hokimiyati nimani istayapti — buni örganiş qiyin emas-ku. Sifatsiz qoğozda bölsa ham, monografiyalar, ilmiy materiallar yozib, rossiyaşunos, afğonşunos olimlarni yetiştiriş qiyinmas. Buning uçun biroz jonsaraklik, biroz kuyunçaklik va öşa sohaga biroz qiziqiş kerak, xolos.