O‘zbekistonga telefon olib kirishdagi cheklovlar yumshatiladi, ammo ularni majburiy deklaratsiyalash joriy etilmoqda
O‘zbekistonga telefon olib kirishga qo‘yilgan cheklovlar yumshatilyapti. Agar ilgari jismoniy shaxslar har olti oyda faqat bitta telefon olib kirishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilning 28 yanvaridan boshlab har safar chegaradan o‘tganida ikkita telefon olib kirishi mumkin. Shu bilan birga, yangi telefonlarni majburiy deklaratsiyalash joriy etilmoqda.

Foto: Reuters
Vazirlar Mahkamasining 26 oktyabrdagi qarori bilan O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Endi havo yo‘llari orqali respublikaga kirib kelayotgan jismoniy shaxslar har kelganida 2 dona telefon apparati, shu jumladan, mobil aloqa moduliga ega bo‘lgan mobil telefonlar va qurilmalarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirishi mumkin.
2024 yil 28 yanvardan kuchga kiradigan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ushbu tovarlarning qiymati respublikaga aviatsiya o‘tkazish punktlari orqali olib kirishda jismoniy shaxslar uchun bojxona to‘lovlariga tortilmaydigan tovarlarning cheklangan qiymati – 2000 AQSh dollari tarkibiga kiritiladi.
Jismoniy shaxsning yonida olib kirgan barcha tovarlari, shu jumladan telefonlarning umumiy qiymati 2000 AQSh dollaridan oshgan taqdirda belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari undiriladi.
Endi jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarni olib kirishda bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlaridan qat’iy nazar, deklaratsiya to‘ldiriladi. Ularni olib kiruvchi fuqarolar «qizil» yo‘lak bo‘ylab chegaradan o‘tib, bojxonachilar orqali deklaratsiya to‘ldirishi shart.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Mavzuga oid

11:02 / 03.06.2025
Chet eldan olingan pul o‘tkazmasi soliqqa tortiladimi?

16:22 / 24.05.2025
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

15:26 / 29.04.2025