Özbekistonda “Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi qonun loyihasi 2025 yil may oyida tayyor bölişi kerak.
Bunday vazifa 21 aprelda imzolangan prezident farmonida keltirilgan.
Qonun loyihasida deklaratsiya sub’yektlari, obektlari va unda aks ettiriladigan ma’lumotlar, deklaratsiyani taqdim qiliş şakli va tartibi, uni tekşiriş tartibi nazarda tutiladi.
Topşiriq ijrosi uçun mas’ul sifatida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Adliya vazirligi va Boş prokuratura körsatilgan.
Davlat xizmatçilari daromadini deklaratsiyalaşga oid qonunni qabul qiliş vaqti keldi — prezident
21 aprel kungi farmonga asosan, yana boşqa qator hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş ham közda tutilgan.
Xususan, vazir va hokim lavozimiga nomzodlar tegişliça Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari kengaşlarida körib çiqilayotganda ular korrupsiyaning oldini oliş böyiça aniq rejasini taqdim etib, himoya qilişi kerak böladi. Buning tartibini Oliy Majlis palatalari kelişuv asosida, 2025 yil may oyi oxirigaça işlab çiqişi zarur.
Advokatlar faoliyatiga tösqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etişga qaratilgan qonun loyihasi esa 2025 yil iyun oyida tayyor bölişi közda tutilmoqda.
Iyun oyi oxirigaça, şuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga oid farmon loyihasi ham işlab çiqiladi va unda quyidagilar közda tutiladi:
- davlat xizmatçilari reyestri;
- kadrlarning korrupsiyaga moyillik darajasini örganiş tartibi;
- davlat xizmatçilarini işga qabul qiliş jarayonini oçiq va şaffof ötkaziş mexanizmlari;
- davlat xizmatçisining malakasi va salohiyati, erişgan natijalarini IT texnologiyalar asosida baholaş, nomzodlarni lavozimga tayinlaşda ularning bilimi, tajribasi va erişgan natijalarini asosiy mezon sifatida belgilaş;
- vazirlik va idoralar markaziy apparatidagi rahbarlik lavozimlariga ustuvor ravişda quyi böğinlarda işlagan, tuman (şahar) darajasida rahbarlik lavozimlariga esa viloyat, respublika idoralarida işlagan kadrlarni tayinlaş böyiça yangi tizim.












