17:50 / 21.08.2019
17381

Prezident stipendiyasi sohiblari uchun afzalliklar belgilandi

Foto: O‘zA

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tayanch doktorantlar uchun Prezident stipendiyalari har yili tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi o‘qish davri uchun stipendiyaning ikki barobari miqdorida tayinlanadi.

Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan magistratura talabalari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

Endilikda tayanch doktorantura va doktorantura ta'lim shakllari Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilmaydi.

Mavzuga oid
Top