Adliya vazirligi xabariga köra, 2021/2022 öquv yilidan Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:

  • tayanç doktoranturada öqiyotgan doktorantlar va magistratura bosqiçi talabalari uçun 2 barobarga oşirilib, tegişliça 10 ta va 22 ta etib;
  • bakalavriat bosqiçi talabalari uçun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;

Qoraqalpoğiston Respublikasidagi OTMlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rağbatlantiriş maqsadida Özbekiston Qahramoni, Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi Tölepbergen Qaipbergenov hamda Özbekiston Qahramoni, Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq şoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMlarining qöşma ta'lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta'lim taşkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta'lim taşkilotlari bakalavriat bosqiçi talabalari uçun ham tatbiq etiladi. 

Şunga köra, mazkur ta'lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi bölgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta'lim yönalişiga mos va turdoş mutaxassislik böyiça kiriş imtihonlarisiz qöşimça davlat granti asosida qabul qilinadi.