Jamiyat | 10:10 / 15.11.2017
28830
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburg yaqinida o‘zbekistonlik migrant taksi haydovchisi bo‘lgan qizni zo‘rladi

Rossiyaning Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik migrant qo‘lga olindi, u taksi haydovchisi bo‘lgan qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda. Jinoyat 12 dan 13 noyabrga o‘tar kechasi sodir etilgan bo‘lib, mintaqadagi posyolkalardan birida ro‘y bergan. Bu haqda rus OAV xabar qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik shaxs taksi haydovchisi bo‘lib ishlaydigan qizga kuch ishlatib, uni zo‘rlagan. Jabrlanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga darhol murojaat qildi. Politsiya xodimlari jinoyatchini juda tez vaqt ichida ushlashgani aytilmoqda. Ayni damda u qamoqqa olingan.

Zo‘rlashda gumonlanayotgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Jinoyat tafsilotlari tergov manfaatlari tufayli oshkor etilmagan.

Mavzuga oid