Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya kubogi. «Krasnodar» Ahmedov 2ta golga pas bergan o‘yinda g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi
Foto: Krasnodar FK
Rossiya kubogining nimchorak final bosqichi doirasida «Krasnodar» o‘z maydonida «Orenburg»ni qabul qildi. 120 daqiqa davom etgan o‘yinda krasnodarliklar raqib qarshiligini sindirishga muvaffaq bo‘lishdi.
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov zaxirada qoldirilgandi, biroq 17-daqiqada Pavel Mamayev jarohat olgani tufayli hamyurtimiz maydonga tushirildi.
Vadim Afonin jamoadoshlari hisobda ikki marta oldinda borishdi, ammo har safar "buqalar" hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. E'tiborlisi, «Krasnodar»ning har ikkala goliga Ahmedov hammualliflik qildi. Dastlab uning jarimadan yetkazgan uzatmasini Grankvist bosh bilan darvozaga joylagan bo‘lsa, keyinchalik Marat Izmaylov Odilning pasini golga aylantirdi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda «Krasnodar» himoyachisi Grankvist yana bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasini chorak finalga olib chiqdi. Bu bahsda zaxiradan maydonga tushgan Ahmedov bahs so‘nggiga qadar, «Orenburg» yetakchilaridan biri Vadim Afonin esa bahsda to‘liq harakat qildi.
Rossiya kubogi, nimchorak final
Krasnodar – Orenburg 3:2 (0:0, 2:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 55 Breyev, 1:1 – 57 Grankvist, 1:2 – 59 Oyyevole, 2:2 – 67 Izmaylov, 3:2 – 100 Grankvist.
Ogohlantirish: Vadim Afonin (28)
Krasnodar – Sinitsin, Kaleshin, Grankvist, Martynovich, Mamayev (Odil Ahmedov 17), Izmaylov, Petrov, Laborde, Gazinskiy, Podberezkin, Ari.
Orenburg – Gutor, Andreyev, Oyyevole, Poluyaxtov, Vorobev, Breyev, Koronov, Afonin, Malix, Yefremov, Bamba.
Mavzuga oid
10:25 / 14.11.2025
Novorossiyskdagi neft bazasiga dron zarar yetkazdi
13:14 / 01.08.2025
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida qiyin ahvolda qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi
21:00 / 24.05.2025
«Krasnodar» tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi
11:07 / 03.05.2025