Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida qiyin ahvolda qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi
Mamlakatning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida qiyin ahvolda qolgan B.E. O‘zbekistonga qaytarildi.
Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, B.E. 2020 yil fevral oyida Krasnodar o‘lkasiga ishlash maqsadida kelgan va turli mavsumiy ishlarda mehnat qilgan.
Biroq, ko‘p o‘tmay koronavirus pandemiyasi oqibatida ishsiz va mablag‘larsiz qiyin ahvolga tushib qolgan. Shuningdek, u mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida barcha hujjatlarini yo‘qotgan.
B.E. o‘z murojaatida hujjatlarini rasmiylashtirish va O‘zbekistonga qaytarishda amaliy ko‘mak so‘ragan.
Bosh konsulxona tomonidan unga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi va Migratsiya agentligining Krasnodar o‘lkasidagi vakolatxonasi ko‘magida aviachipta xarid qilib berildi. U kuni kecha O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.
Mavzuga oid
10:25 / 14.11.2025
Novorossiyskdagi neft bazasiga dron zarar yetkazdi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025