Qariyb ikki oydan buyon deyarli har kuni Toşkentning u yoki bu joyida elektr uzilişlari röy bermoqda. Rasmiylar bu uzilişlarni tarmoqni yangilaş uçun olib borilayotgan ta’mirlaş va modernizatsiya qiliş işlari bilan boğliq tuşuntirmoqda.

Bugun, 26 iyul kuni uzilişlar kölami sezilarli kengaydi. Markaziy dispetçerlik xizmatining aholidan murojaatlarni qabul qiliş markazi poytaxtning Yaşnobod, Olmazor, Mirobod, Yakkasaroy, Şayxontoxur, Çilonzor, Sergeli tumanlarida elektro energiyasi ta’minotiga talab ortib ketgani sababli çeklov kiritilganini ma’lum qildi.

Markaz xodimlari tomonidan bir neça marta Telegram-kanalga qayta-qayta joylaştirilgan maskur postlar birozdan keyin öçirib taşlandi.

Energetika vazirligi esa öz kanalida Toşkentdagi “Biblioteçnaya” podstansiyasida soat 17:25 da nosozlik yuzaga kelganini ma’lum qiliş bilan çeklandi. Qayd etilişiça, buning natijasida Olmazor tumani iste’molçilari (jami 930 ta) qisman elektr ta’minotidan uzilgan. Nosozlikni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.

Özbekistonda elektr energiyasining eng kam iste’moli bahorgi vaqtga töğri keladi. Mana şu davrda oldinda turgan jaziramaga, anomal issiq ob-havo şaroitida elektr iste’moli keskin ortişiga tayyorgarlik köriş talab etiladi. Ammo, elektr tizimini ta’mirlaş işlarining mutlaq katta qismi negadir yoz oylarida qilinmoqda.

Özbekiston energotizimi jiddiy islohotlarga muhtoj ekani köp marta gapirildi, gapirilmoqda. Töğri, sönggi yillarda muammolar nihoyat tan olindi, sohaga jiddiy investitsiyalar kiritilmoqda, turli usullar bilan işlab çiqariş hajmini oşirişga harakat qilinmoqda. Şunday bölsa-da, talab va taklif örtasidagi nomutonosiblikning ortib borişi hisobiga energetika taqçilligining kölami ham kundan kunga oşib bormoqda.

Oxirgi yillarda yangi qurilgan uylarning aksariyati töğridan töğri eski stansiyalarga ulab kelindi. Köp qavatli uylarni foydalaniş uçun qabul qiliş faqatgina yangi kommunikatsion tizimlar, yangi transformatorlar, sifatli kabel va ötkazgiçlar örnatilgan taqdirdagina amalga oşiriladi, degan qat’iy talab qöyilmadi, yoki juda keçikib qöyildi. Oqibatda havo keskin isib yoki sovib ketişi natijasida podstansiyalar va transformatorlar yuklamani kötara olmay qoldi, şu sabab “şaxmat tartibida öçiriş” doimiy holatga aylandi.