Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
Toshkentda 115-sonli «ToshGRES ma’muriy binosi - Gulobod ko‘chasi» avtobus yo‘nalishi 2025 yil 4 dekabrdan boshlab G‘isht zavod bekatigacha uzaytirilib, yo‘lovchilar uchun harakat vaqti 05:00 dan 23:15 gacha etib belgilandi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish bo‘yicha 2025 yil 9 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Toshkent viloyatining yondosh hududlarini poytaxt bilan bog‘lash ishlari davom etmoqda.

Shu munosabat bilan, 2025 yil 4 dekabrdan boshlab 115-sonli «ToshGRES ma’muriy binosi — Gulobod ko‘chasi» avtobus yo‘nalishining qatnov yo‘li yangilanib, ToshGRES ma’muriy binosidan G‘isht zavod bekatigacha uzaytirildi.
«Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 115-sonli avtobuslar harakat vaqti 05:00 dan 23:15 gacha etib belgilangan. Yangilangan yo‘nalish yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish va jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:38 / 21.05.2026
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
12:48 / 19.05.2026
“Yaxshi foyda bo‘lmasa, tashlab ketadiganlardan emasmiz” – Germaniya elchisi
16:40 / 16.05.2026