Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda moliyaviy jarimalar bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
Prezident qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 oktyabrdan tadbirkorlar uchun moliyaviy jarimalarni to‘lash tartibi yengillashtirilib, qator yangi imkoniyatlar yaratiladi.
Foto: Shutterstock
“Moliyaviy jarimalarni qo‘llash tartibini yanada liberallashtirish va sud nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, tadbirkorlar vakolatli organ tomonidan qo‘llangan jarimani ixtiyoriy ravishda ikki xil tartibda ijro etish imkoniga ega bo‘ladi.
Jumladan, qaror topshirilgan kundan boshlab bir oy ichida jarimaning 50 foizini to‘lash orqali qolgan qismidan ozod bo‘lish mumkin. Shuningdek, jarima summasini 6 oy davomida teng miqdorlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham beriladi.
Qarorga muvofiq, agar moliyaviy jarima sud tomonidan bekor qilinsa yoki haqiqiy emas deb topilsa, undirilgan mablag‘lar 15 kun ichida qaytariladi.
Agar ushbu muddat buzilsa, kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 300 dan biri miqdorida foiz to‘lanadi.
Mazkur o‘zgarishlar tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy jazo choralarini qo‘llashda adolatlilikni ta’minlashga qaratilgan.
Mavzuga oid
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026