Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
Vatandoshlarning murojaatlari asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Tobolsk shahridagi korxonalardan biri 26 nafar fuqaroning fevral va mart oylari uchun ish haqini asossiz ravishda ushlab qolgani aniqlangan.
O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari Tyumen viloyatining Tobolsk shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Vatandoshlarning murojaatlari asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida “SADKOM” MChJ tomonidan 26 nafar fuqaroning fevral va mart oylari uchun ish haqi asossiz ravishda ushlab qolingani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan obektning bosh pudratchisi rahbariyati va ish beruvchilar ishtirokida muzokaralar o‘tkazildi. Muloqot yakunida ish beruvchilar ish haqi to‘lanmaganini tan olib, mavjud qarzdorlikni bartaraf etishga kelishildi.
Muzokaralar natijasida 26 nafar o‘zbekistonlik ishchining jami 2 million rubl miqdoridagi maoshi hisoblanib, yaqin kunlarda ularning bank hisob raqamlariga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, avvalroq mazkur tashkilotdan ish haqini ololmay ketgan yana 80 nafarga yaqin fuqaroning qarzdorliklari ham yaqin hafta ichida to‘lab berilishi bo‘yicha qat’iy kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026