Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlament zilzilalardan jabr ko‘rgan Italiyaga 1,2 mlrd yevrolik yordam ajratadi
Foto: AFP 2017 / Eliano Imperato
Yevroparlamentning byudjyet qo‘mitasi 2016-2017 yillardagi kuchli zilzilalardan jabr ko‘rgan Italiyaning bir qator hududlarini tiklash uchun keyingi haftada Yevropa Ittifoqi birdamlik jamg‘armasidan 1,2 mlrd yevro ajratishni ma'qullaydi.
Jumladan, yordam Abrutstso, Latsio, Marke va Umbriya viloyatlarini tiklashga ajratiladi.
“Keyingi chorshanba kuni byudjyet qo‘mitasi Italiyaga ko‘mak taqdim qilish uchun Yevropa Ittifoqi birdamlik jamg‘armasi mablag‘larini safarbar qilishga ovoz beradi. 2016 yil avgust oxiri va 2017 yil yanvar o‘rtasigacha Italiyada yuz bergan kuchli zilzilalar 333 kishining halok bo‘lishi hamda infratuzilma, biznes va aholiga jiddiy ziyon yetishiga olib kelgan”, deb ma'lum qilingan xabarda.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, jamg‘arma jabrlangan hududlarda iqtisodiy faollikni tiklash bo‘yicha sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Mablag‘lar shuningdek vaqtinchalik uylar bilan ta'minlashga, madaniy meros obektlarini himoyalashga yo‘naltirilishi mumkin.
Byudjyet qo‘mitasida ovoz berishdan keyin butun Yevroparlamentning yana bir qarori kerak bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, bu masala bo‘yicha Yevroparlamentning sentabrdagi sessiyasida ovoz berilishi mumkin.
Yevrokomissiya ajratayotgan summa bu jamg‘armadan bir vaqtda ajratilayotgan eng katta summadir. Jamg‘arma 2002 yilda Yevropadagi yirik tabiiy ofatlar holatiga tuzilgan. Ma'lum qilinishicha, jamg‘arma Yevropaning 20 dan ko‘proq davlatiga 5 mlrd yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratgan.
Mavzuga oid
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
15:11 / 10.01.2026
Florensiya teatri Zaxarova va Repin ishtirokidagi namoyishlarni bekor qildi
14:04 / 07.01.2026
O‘zbekistonliklarning Italiyaga safarlari 25 foizga oshdi
12:30 / 29.12.2025