Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklarning Italiyaga safarlari 25 foizga oshdi
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida 2 525 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Italiyaga safar qildi - bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 517 nafarga yoki 25,7 foizga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 2 525 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Italiyaga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 517 nafarga yoki 25,7 foizga oshgan.
Safar maqsadlari kesimida eng katta ulush sayohat yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. Xususan, 2 008 nafar fuqaro Italiyaga sayohat qilish maqsadida borgan. Shuningdek, 332 nafar fuqaro qarindoshlarni yo‘qlash, 94 nafar — o‘qish, 80 nafar — xizmat yuzasidan, 11 nafar esa davolanish maqsadida safar qilgan.
Ma’lumotlar O‘zbekiston fuqarolarining Yevropa yo‘nalishidagi safarlarida Italiyaga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
10:10
Import hajmi qariyb 27 foizga oshdi
10:55 / 22.06.2026
O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni qariyb 5 millionga yetdi
09:30 / 22.06.2026
O‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
20:51 / 19.06.2026