Jahon | 08:53 / 17.08.2015
2312
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada halokatga uchragan yo‘lovchi samolyotini qidirish ishlari boshlab yuborildi

Indoneziyalik qutqaruvchilar Trigana Air Service kompaniyasining mamlakat sharqida qulagan yo‘lovchi samolyotini qidirish operatsiyasini boshlashdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Kecha Sentaidan Oksibilga uchayotgan ATR 72 samolyotining tog‘larga urilgani, uning bortidagi 54 kishi halok bo‘lgani haqida ma'lum qilingan edi.

Indoneziya havo aloqasi agentligi rahbarining so‘zlariga qaraganda, ushbu samolyotga tegishli deb taxmin qilinayotgan bo‘laklar Papua viloyatining Oktabe tumanidan topilgan. Shuningdek, mahalliy aholi vakillari tog‘da aviahalokat sodir bo‘lganini ko‘rganlarini aytishgan. Axborot tekshirilmoqda.

Qidiruv ishlari yerdan va havodan olib boriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish