Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anons. Bugun YeChLning Ye, F, G va N guruhlarida birinchi tur o‘yinlari o‘tkaziladi
15 sentabr oqshomida boshlangan YeChLning ilk turi bugun yana 4ta guruhdagi 8ta o‘yin orqali davom ettiriladi.
Ye guruhi
Roma - Barselona

Bugungi o‘yinlar orasida eng markaziy maqomidagisi Italiya poytaxti Rim shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda. "Roma" turnirni o‘tgan mavsum chempioni "Barselona"ga qarshi o‘tkazadi.
Bu o‘yin Messi uchun YeChLdagi 100-o‘yin bo‘lishi kutilmoqda.
Bayyer - BATE

Ye guruhining ikkinchi o‘yinida Germaniyaning "Bayyer" jamoasi guruh autsayderi sifatida qaralayotgan BATE (Belarus) jamoasini qabul qiladi. Bu mavsumni "aptekachilar" ko‘ngildagidek boshlay olmadi. Jamoa 3turdan keyin 3 ochko bilan 13-o‘rinda ketmoqda.
F guruhi
Dinamo Zagreb - Arsenal

"Arsenal" bu mavsumda ham "Bavariya" bilan bitta guruhdan joy olgan. Lekin guruhdagi yana ikki jamoa nisbatan kuchsiz sanaladi. Bugun "kanonirlar" shunday jamoalardan biri "Dinamo Zagreb"ga qarshi birinchi turni safarda o‘tkazadi.
Olimpiakos - Bavariya

"Bavariya" bu mavsumda ham turnir g‘olibligi uchun asosiy da'vogarlardan hisoblanmoqda. Jamoa Xosep Gvardiola rahbarligida hali YeChL holibi bo‘lishga erishmadi va "Olimpiakos"ga qarshi o‘yinda bu maqsad yo‘lidagi navbatdagi harakatini boshlaydi.
E guruhi
Chelsi - Makkabi T-A

"Chelsi" APLda ko‘rsatayotgan yomon natijalarini xalqaro maydondagi g‘alabalar orqali haspo‘shlashi mumkin. Qolaversa, jamoa nisbatan oson guruhdan joy olgan. Muxlislar Isroil chempionining Angliyada mag‘lub etilishiga shubha bildirishmayapti.
Dinamo Kiyev - Portu

Kiyevliklar bugun o‘z maydonida Portugaliyaning "Portu" jamoasini qabul qiladi. Bu o‘yinda ikkala jamoaning ham imkoniyatlari teng baholanmoqda.
H guruhi
Valensiya - Zenit

YeChLning yangi mavsumida Ispaniyadan qatnashayotgan beshinchi vakil "Valensiya" bugun o‘z maydonida "Zenit"ni qabul qilish orqali ishtirokini boshlaydi.
Gent - Lion

YeChL guruh bosqichida ahyon-ahyonda ko‘rinish beradigan Belgiyaning "Gent" jamoasi turnirning doimiy ishtirokchisi "Lion"ni qabul qiladi. Frantsuzlar tarkibida bu o‘yin arafasida asosiy yetakchi futbolchi Nabil Fekir jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi, Lyakazet ham yaxshi sport formasida emas. Lekin bu o‘yinda "sherlar"ning imkoniyati yuqoriroq hisoblanmoqda.