O‘zbekiston | 10:47 / 15.09.2021
2315
2 daqiqa o‘qiladi

Denovda giyohvandlik o‘simligini yetishtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Denov tumanida giyohvandlik o‘simligini yetishtirgan va uning quritilganini saqlagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 11 avgust kuni viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan «Qoradori-2021» keng qamrovli tadbiri davomida, Denov tumanining Sohibkor mahallasida yashovchi X.Naimning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilgan.

Tadbir davomida X.Naimning eski imorati ichida 3 tup nasha giyohvand o‘simligi o‘stirayotgani aniqlangan. Bundan tashqari, 1 dona bir litrli hajmdagi shisha idishda hamda yonidan 2 dona gugurt qutisida sof vazni 27,76 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, joriy 14 avgust kuni X.Naimga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid