Jinoyat işlari böyiça Denov tumani sudi raisi Kamoliddin Murodov yöl-transport hodisasiga uçragan. Kun.uz manbasiga köra, hodisa bir oy avval sodir bölgan. YTH oqibatida Kamoliddin Murodov oğir tan jarohatlari olgan. Avtomobilni boşqargan advokat esa vafot etgan.

“Kun.uz” söroviga javoban Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov mazkur voqelik sodir bölganini tasdiqladi. Unga köra, şu yilning 9 mart (dam oliş kuni) kuni sodir bölgan voqelik böyiça Kengaş tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilgan. Xizmat tekşiruvi natijalari Surxondaryo viloyat sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilinib, JIB Denov tuman sudi raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatiş töğrisida qaror qabul qilingan. Mazkur qarorga nisbatan tuman sudi raisining kengaşga kiritgan şikoyati belgilangan tartibda körib çiqiladi. YTH kimning aybi bilan sodir etilgani, maşina boşqaruvida kim bölganiga terov yöli bilan aniqlik kiritiladi.
Ma’lumot uçun, Kamoliddin Murodov 2021 yil aprel oyida 5 yil muddatga Denov tumani jinoyat işlari böyiça sud raisi lavozimiga tayinlangandi.
















